Jahon

Toyvo Klaar — “Biz Markaziy Osiyoni yoki O‘zbekistonni “kimdandir uzoqlashtirish”ni xohlamaymiz”

Zamon.uz Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaardan bir nechta savollarga javob oldi.

Toyvo Klaar — “Biz Markaziy Osiyoni yoki O‘zbekistonni “kimdandir uzoqlashtirish”ni xohlamaymiz”

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari so‘z erkinligi, gender tengiligi kabi shartlar evaziga boshqa davlatlarga kredit va grantlar beradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston oldin bunday imkoniyatlardan foydalana olmagan. Oxirgi vaqtlarda ittifoq mamlakatlarining O‘zbekistonga mablag‘lar ajratishi ko‘paydi. Xo‘sh, shunda O‘zbekistonda fikr va so‘z erkinligi yaxshilandimi? Zamon.uz Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaardan shu va boshqa savollarga javob oldi.

 

Janob elchining aytishicha, Yevropa Ittifoqining barcha hamkor davlatlar bilan inson huquqlari, mehnat huquqlari, so‘z va fikr erkinligi haqida doim muloqot olib boriladi. Bu ittifoq mamlakatlarining asosiy qadriyatlaridan biri hisoblanadi.

 

Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi nuqtayi nazaridan inson huquqlari, fuqarolik erkinliklari va mehnat huquqlari, shuningdek, so‘z hamda fikr erkinligi juda muhim.

 

“Bunday talablar O‘zbekiston bilan ham aloqalarimizning muhim qismi hisoblanadi”, — dedi elchi.

 

Ayrim siyosatshunoslar Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining Markaziy Osiyoga xususan, O‘zbekistonga yaqinlashishini ushbu mamlakatlarning Rossiya ta’siridan himoyalash sifatida baholamoqda. Zamon.uz muxbiri elchining bu haqda qanday fikrda ekanligiga qiziqdi.

 

Toyvo Klaarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomida belgilangan tamoyillarga, ya’ni davlat chegaralarining daxlsizligi, hududiy yaxlitlik va kuch ishlatmaslik prinsipiga rioya etish muhim hisoblanadi.

 

 “Afsuski, Rossiya bu tamoyillarga amal qilmayapti. Shu bois biz ittifoq mamlakatlari hamkorlari bilan muloqotda aynan shu xalqaro tartibni himoya qilish zarurligini ta’kidlab keladi.

 

Biz hech qachon bir davlat bilan aloqalarni boshqasining hisobiga qurishga intilmaymiz. Biz O‘zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlashdan mamnunmiz va bu aloqalarni rivojlantirishni istaymiz. Shu bilan birga, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar, jumladan, boshqa hamkorlar bilan ham aloqalari borligini yaxshi tushunamiz”, — dedi u.

 

Elchi Markaziy Osiyoni yoki O‘zbekistonni “kimdandir uzoqlashtirish”ni emas, balki o‘zaro hurmat va qadriyatlarga asoslangan hamkorlikni rivojlantirishni istashini ma’lum qildi.

 

Har bir davlatning turli mamlakatlar bilan munosabat o‘rnatish huquqini hurmat qilamiz va o‘zimizni yagona yoki maxsus hamkor sifatida ko‘rmaymiz.

 

“Markaziy Osiyo biz uchun juda muhim mintaqa. Biz bu hudud bilan aloqalarni kengaytirishni xohlaymiz, chunki bu nafaqat Yevropa Ittifoqining, balki Markaziy Osiyo mamlakatlarining ham manfaatiga xizmat qiladi. Biz Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro hamkorligini ham mustahkamlashga ko‘maklashmoqchimiz. Shu yo‘nalishda hamkorlarimiz bilan ishlashda davom etamiz”, — deya so‘zini yakunladi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar.

             

                                                                                                                                                     Majidov Shohjahon 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.