Jahon

Tramp: Har bir amerikalik kamida 2000 dollar oladi

AQSh prezidenti bojxona daromadlarini aholiga taqsimlash tashabbusini e’lon qildi.

Tramp: Har bir amerikalik kamida 2000 dollar oladi

 

Donald Tramp mamlakat aholisi uchun yangi moliyaviy tashabbusni e’lon qildi. Unga ko‘ra, bojxona tariflaridan yig‘iladigan tushumlar hisobidan har bir amerikalik fuqaroga kamida 2000 dollardan to‘lov amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

 

Trampning aytishicha, to‘lovlar faqat yuqori daromadli shaxslarni istisno qilgan holda barcha amerikaliklarga beriladi. Prezident tariflar siyosatini tanqid qiluvchilarni keskin tanqid qilib, ularni “ahmoqlar” deb atadi.

 

“Qo‘shma Shtatlar tariflar orqali trillionlab dollar daromad oladi va bu mamlakatning davlat qarzini qisqa muddatda yopishga imkon beradi”, — deya ta’kidladi Tramp.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil aprel oyida Donald Tramp qator davlatlarga nisbatan bojxona tariflarini joriy etishini ma’lum qilgan edi. Uning fikricha, bu chora AQShning manfaatlarini himoya qilish uchun zarur, chunki Qo‘shma Shtatlar “ko‘p yillar davomida yaqin hamkorlar ham, raqib davlatlar ham tomonidan iqtisodiy bosim va ekspluatatsiyaga uchragan”.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Tramp: Har bir amerikalik kamida 2000 dollar oladi | Zamon.uz