O'zbekiston

Biznesni rivojlantirish banki tomonidan kasaba uyushmalarining 120 yilligi nishonlandi

Bugungi kunda bankning 3 mingdan ortiq xodimi Kasaba uyushmasi a’zosi hisoblanadi. Tadbir doirasida bank jamoasining fidokorona mehnati, ijtimoiy faolligi va birdamligi e’tirof etildi.

Biznesni rivojlantirish banki tomonidan kasaba uyushmalarining 120 yilligi nishonlandi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni hamda mamlakat kasaba uyushmalarining 120 yillik yubileyi munosabati bilan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir doirasida bank jamoasining fidokorona mehnati, ijtimoiy faolligi va birdamligi e’tirof etildi.

 

Bank axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripovning ta’kidlashicha, joriy yilning yanvar–oktyabr oylarida bank Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlarning manfaatlarini himoya qilish, ularni rag‘batlantirish va ishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirgan.

 

— Bugungi kunda bankning 3 mingdan ortiq xodimi Kasaba uyushmasi a’zosi hisoblanadi. Ular uchun sport va jismoniy faollikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan, — deydi Shuhrat Oripov. — Xodimlar futbol, mini-futbol, voleybol kabi jamoaviy sport turlarida bepul qatnashish imkoniyatiga ega. Shuningdek, fitnes, basseyn va trenajor zallariga chegirmali abonementlar taqdim etilgan.

 

 

Shu bilan birga, xodimlar va ularning farzandlari yozgi oromgohlar hamda sog‘lomlashtirish maskanlarida dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash maqsadida turli moddiy yordamlar ko‘rsatib kelmoqda. Bu yordamlar tug‘ilgan kun, nikoh to‘yi, sog‘lig‘ini tiklash kabi turli hayotiy vaziyatlarda amalga oshiriladi. Shuningdek, xodimlar malakasini oshirish va yangi ko‘nikmalarni egallash maqsadida xorijiy tillar kurslari tashkil etilgan.

 

Joriy yil davomida 111 nafar xodim Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mablag‘lari va ish beruvchi tomonidan ajratilgan maqsadli resurslar hisobidan moddiy yordam oldi. Mehnat ta’tili davrida esa xodimlar va ularning yaqinlari (ota-ona, turmush o‘rtoqi, farzandi) ikki yilda bir marotaba O‘zbekiston sanatoriy-kurort muassasalarida imtiyozli dam olish huquqiga ega. 2025 yilning o‘tgan 9 oyida 85 nafar xodimning oila a’zolariga shunday yo‘llanmalar berilgan.

 

“Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida joriy yil davomida Jizzax viloyati, Zomin shahri, Samarqand, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo (Miraki) hududlariga sayohatlar tashkil etildi. Shuningdek, yozgi mavsumda 157 nafar xodim farzandi sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

 

Bankda yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan. “BRB Nafis ayollar” klubi ayol xodimlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda.

 

 

Bundan tashqari, bayram tadbirlari, madaniy uchrashuvlar, sport musobaqalari, teatr va konsertlarga tashriflar muntazam tashkil etilib, jamoada birdamlik va ishga bo‘lgan qiziqish yanada mustahkamlanmoqda.

 

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni rag‘batlantirish va gender tenglikni ta’minlash yo‘nalishida samarali faoliyat olib bormoqda. Bu esa bank jamoasida ijobiy muhit va yuqori motivatsiyani shakllantirishga xizmat qilmoqda.

 

*Reklama huquqi asosida

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Biznesni rivojlantirish banki tomonidan kasaba uyushmalarining 120 yilligi nishonlandi | Zamon.uz