Isroilda o‘lim jazosi qayta tiklanmoqda
Loyiha tarafdorlari uni terrorni oldini olish bo‘yicha samarali chora sifatida baholamoqda.

Isroil parlamenti (Knesset) terrorchilik bilan bog‘liq qotilliklar uchun o‘lim jazosi joriy etilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda maʼqulladi. Qonun loyihasi 39 ga qarshi 16 ovoz bilan o‘tgan.
Qonun loyihasiga ko‘ra, agar Isroil fuqarosini qasddan o‘ldirish sodir etilsa va bu harakat irqchilik, nafrat yoki davlatga zarar yetkazish niyati bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, sud yakuniy hukmiga ko‘ra o‘lim jazosi qo‘llanadi. Loyihaning tarafdorlari uni terrorni oldini olish bo‘yicha samarali choralar sifatida baholamoqda.
Biroq, qonun loyihasi xalqaro hamjamiyat va inson huquqlari tashkilotlari tomonidan tanqid qilinmoqda, chunki u aynan falastinliklarga nisbatan qo‘llanishi mumkinligi aytilmoqda.
Hozirgi bosqichda qonun loyihasi birinchi o‘qishni o‘tkazdi, undan keyin qo‘mitalarda muhokama qilinadi va yana ikki o‘qishdan o‘tishi zarur.







