Navoiyda MIB orqali 520 mln ish haqi undirildi
Shu tariqa fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan.

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan ish haqini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarini ijrosini o‘z vaqtida taʼminlash, ayniqsa, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “N.S.B”dan undiruvchi K.M.ning foydasiga jami 521.049.418 so‘m ish haqi undirish haqidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borildi.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida ish haqi to‘liq undirilishi taʼminlanib, fuqaroning huquqlari tiklandi.







