O'zbekiston

"O‘zbekiston AQShning kichik yadroviy reaktor texnologiyalarini o‘rganadi" — "O‘zatоm" rahbari

Mamlakat atom energetikasida hamkorlikni kengaytirib, texnologiyalarni diversifikatsiya qilish siyosatini davom ettirmoqda.

"O‘zbekiston AQShning kichik yadroviy reaktor texnologiyalarini o‘rganadi" — "O‘zatоm" rahbari

O‘zbekiston Amerikaning kichik modulli yadroviy reaktor (SMR) texnologiyalarini o‘rganishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda «O‘zatоm» agentligi direktori Azim Axmedxadjayev Gazeta’ga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning aytishicha, sentabr oyida Nyu-Yorkda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolangan.

 

Azim Axmedxadjayevning ta’kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi chog‘ida hamkorlik yanada kengaytirilgan va O‘zbekiston Holtec, GE Hitachi hamda NuScale kabi Amerika kompaniyalarining sertifikatlangan SMR loyihalarini o‘rganishga tayyorligini tasdiqlagan. Bu yo‘nalish O‘zbekistonning energetika xavfsizligini mustahkamlash va kelajakdagi talabni qoplashga qaratilgan.

 

«O‘zatоm» rahbari mamlakat energiya sohasida ko‘p vektorli siyosatni davom ettirayotganini qayd etdi. Hozirda Rossiya bilan RITM-200N reaktorlariga asoslangan kichik AЭС qurilishi, Xitoy bilan SMR va uranni qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik davom etmoqda. Amerika texnologiyalarini o‘rganish esa mavjud yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilishning mantiqiy bosqichi sifatida baholandi.

 

AQSh bilan tuzilgan kelishuv doirasida kadrlar tayyorlash va qo‘shma ilmiy-amaliy dasturlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. SMRlarning referent namunalarini tahlil qilish orqali O‘zbekiston 2050-yilgacha kutilayotgan elektr energiyasi iste’moli o‘sishiga mos ravishda barqaror energiya ta’minotini shakllantirishni maqsad qilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"O‘zbekiston AQShning kichik yadroviy reaktor texnologiyalarini o‘rganadi" — "O‘zatоm" rahbari | Zamon.uz