O'zbekiston

O‘zbekiston va AQSH viza tartibini soddalashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Yaqinda amerikaliklar uchun O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz kirish mumkinligi eʼlon qilingandi.

O‘zbekiston va AQSH viza tartibini soddalashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda

O‘zbekiston va AQSH fuqarolar hamda biznes uchun viza rejimini soddalashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqchi. Bu haqida Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev “O‘zbekiston24” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

 

“Yaqinda qabul qilingan amerikaliklar uchun vizalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni hisobga olgan holda, bu yerda turizm ham rivojlanadi. Fuqarolarimiz va biznes uchun [viza tartibini] soddalashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi”, — dedi vazir o‘rinbosari. 

 

Transport vaziri o‘rinbosariga ko‘ra, Uzbekistan Airways va Boeing o‘rtasidagi 22 ta 787-9 Dreamliner samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilishi uzoq yo‘nalishlarga, xususan AQSH shaharlariga parvozlar geografiyasini kengaytirish imkonini beradi.

 

Joriy yilning 3 noyabr kuni O‘zbekistonga AQSH fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim joriy etilgani haqida Prezident farmoni qabul qilingan edi.

 

Undan oldin may oyida esa Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlarini tasdiqlagan edi. O‘shanda Tashqi ishlar vazirligiga AQSH fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim bo‘yicha takliflar kiritilishni topshirgan edi. O‘z navbatida, Amerika tomonida o‘zbekistonliklar uchun viza rejimini yengillashtirish kutilgan edi.

 

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari maslahatchisi Komil Allamjonovga ko‘ra, oktyabr oyidagi uchrashuvda AQSH Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau va AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor amerikaliklar uchun vizalarni bekor qilish masalasini ko‘targan. Allamjonovning aytishicha, O‘zbekiston AQSHlik sayyohlar uchun ochiq.

 

U B1/B2 (xususiy ishbilarmonlik safari) vizalarining muddatini 1 yildan 10 yilgacha uzaytirish O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlash yo‘lidagi katta qadam bo‘lishini aytgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston va AQSH viza tartibini soddalashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda | Zamon.uz