O'zbekiston

“Rahmonov yana javobsiz qoldi, javobgarlik pastdagi xodimlarga yuklandi” — Kusherbayev

174 tup daraxt kesilishi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan, biroq buyruq bergan amaldor tergov doirasidan tashqarida qolayotgani aytilmoqda.

“Rahmonov yana javobsiz qoldi, javobgarlik pastdagi xodimlarga yuklandi” — Kusherbayev

Toshkentning Yakkasaroy tumanida moratoriyga zid ravishda 174 tup daraxt kesilishiga oid jinoyat ishi obodonlashtirish bo‘limi mansabdorlariga nisbatan qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev ma’lum qildi. Daraxtlarning kesilishi oqibatida davlatga 1,46 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani qayd etilgan.

 

Kusherbayevga ko‘ra, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi (ko‘p miqdorda zarar keltirgan holda noqonuniy daraxt kesish) bilan qo‘zg‘atilgan. Biroq daraxtlarni kesish haqida topshiriq bergani aytilayotgan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov javobgarlikdan chetda qolayotgani tanqid qilindi.

 

“Topshiriqni bergan rahbar emas, balki uni bajarishga majbur bo‘lgan oddiy xodimlar javob berishi — bu nomardlik,” deya ta’kidladi Kusherbayev. Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda.

 

Zamon.uz Bosh prokuratura va Ekologiya vazirligiga murojaat qilganida, hozircha rasmiy tasdiq berilmadi. Eslatib o‘tamiz, daraxtlar 25-oktabr kuni tunda kesib tashlangan bo‘lib, voqea ortidan hokimlik ushbu holat uchun jamoatchilikdan uzr so‘ragandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Rahmonov yana javobsiz qoldi, javobgarlik pastdagi xodimlarga yuklandi” — Kusherbayev | Zamon.uz