O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva suv resurslarini boshqarish bo‘yicha innovatsion loyihalar bilan tanishdi

Samarqandda suvni tejash, kichik GESlar qurish va raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish takliflari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva suv resurslarini boshqarish bo‘yicha innovatsion loyihalar bilan tanishdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand Kongress markazida suv resurslaridan samarali foydalanish va suv sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan muloqotda ishtirok etdi. Unda suv sarfini maqsadli taqsimlash, yangi texnologiyalarni joriy etish va qishloq xo‘jaligida suv tejamkor mexanizmlarni qo‘llash bo‘yicha tashabbuslar taqdim qilindi.

 

Muloqotda kanallarni betonlash, suv oqimini raqamli boshqaruv orqali nazorat qilish, kichik gidroelektr stansiyalar (GES) qurish kabi takliflar muhokama qilindi. Mirziyoyeva ushbu loyihalar aholining hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

 

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Samarqandda yangidan ochilishi rejalashtirilayotgan Bolalar kutubxonasi konsepsiyasi bilan tanishdi. Mazkur kutubxona 1911-yilga oid tarixiy binoda joylashadi va restavratsiya jarayonida uning madaniy qiyofasi ehtiyotkorlik bilan saqlab qolinishiga e’tibor qaratiladi.

 

Kutubxona bolalar, o‘smirlar va ularning ota-onalari uchun ijodiy maskanga aylanishi kutilmoqda. Loyihada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun audiofond tashkil etilishi, shuningdek, kutubxona fondi 120 mingdan ortiq kitobni o‘z ichiga olishi rejalashtirilgan.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"