O'zbekiston

Samarqandda 3 gektar yerni 300 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan rahbar ushlandi

Shuningdek Qashqadaryoda 8 sotix yer uchun pora talab qilganlar qo‘lga olindi.

Samarqandda 3 gektar yerni 300 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan rahbar ushlandi



Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida donli ekinlar yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalik rahbari hokimiyat tizimidagi tanishlari orqali xo‘jalikning 3 gektar yer maydonini issiqxona tashkil etmoqchi bo‘lgan, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 300 ming AQSH dollari talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fermer xo‘jalik rahbari oldindan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Qarshi tumanida yashovchi, 1992 va 1998 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, davlat zaxirasidagi 8 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali Ko‘kdala tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga yashash xonadoni qurishi uchun olib berish evaziga 180 mln so‘m talab qilishadi.

 

Lekin, ular oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Hurmatli fuqarolar! Davlat tomonidan tegishli tartib va meʼyorlar asosida ajratib berilgan yer maydonlarini qonunga xilof ravishda sotish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 

Shunday ekan, umummilliy boylik hisoblangan yer resurslaridan oqilona foydalanmoq lozim.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda 3 gektar yerni 300 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan rahbar ushlandi | Zamon.uz