O'zbekiston

Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha vakili bilan uchrashdi

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo media konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha vakili bilan uchrashdi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning OAV erkinligi bo‘yicha vakili Yan Bratu bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

 

Uchrashuvda 13—14-noyabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan YXHTning “Xabardor va barqaror jamiyatlar uchun ommaviy axborot vositalarining hayotiyligini ta’minlash” mavzusidagi 25-Markaziy Osiyo media konferensiyasiga tayyorgarlik jarayonlari ko‘rib chiqildi. Sherzod Asadovning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda so‘z erkinligi, davlat siyosatining ochiqligi va OAVning mustaqil faoliyati uchun sharoitlar yaxshilanmoqda.

 

Konferensiya davomida media muhit barqarorligi, jurnalistlar faoliyati, ishonchli axborot tarqatish va media iqtisodiyoti kabi masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Xususan, mediasavodxonlikni oshirish, faktchekingni rivojlantirish hamda dezinformatsiyaga qarshi kurashish mavzulari diqqat markazida bo‘ladi.

 

Uchrashuv chog‘ida tajriba almashish, jurnalistlar malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma dasturlar, treninglar va ekspertlar ishtirokidagi tadbirlar o‘tkazish istiqbollari ham muhokama qilindi. Tomonlar ochiq va konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha vakili bilan uchrashdi | Zamon.uz