O'zbekiston

Toshkentda 37 mingdan ortiq liftlarda nosozlik aniqlandi

6 800 ta lift hali texnik ko‘rikdan o‘tmagan bo‘lib, ularga ogohlantiruvchi belgilar qo‘yildi.

Toshkentda 37 mingdan ortiq liftlarda nosozlik aniqlandi

 

Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylar liftlarining texnik holati o‘rganilib, xavfsizlik talablari yuzasidan keng ko‘lamli tekshiruv ishlari amalga oshirildi. Tekshiruv jarayonida 9 100 ta lift ko‘zdan kechirilib, ularda jami 37,1 mingdan ortiq nosozlik qayd etildi. Ma’lumotlar “Xavfsiz lift” elektron tizimiga kiritildi.

 

Shahar qo‘mitasi raisi Olimjon Jo‘raevning ta’kidlashicha, ayrim liftlar belgilangan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tmasdan foydalanishda bo‘lgan va xavfsizlik standartlariga javob bermagan.

 

Aholi uchun liftning texnik holatini tezda aniqlash imkonini yaratish maqsadida barcha lift kabinalariga maxsus rangli stikerlar o‘rnatiladi:

  • Yashil — holati yaxshi
  • Ko‘k — qisman nuqsonli
  • Sariq — nosoz
  • Qizil — xavfli

 

2026-yil 1-iyuldan boshlab texnik talablarga javob bermaydigan liftlardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Hozircha ko‘rikdan o‘tmagan 6 800 ta liftga “Lift texnik ko‘rikdan o‘tmagan” degan ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda 37 mingdan ortiq liftlarda nosozlik aniqlandi | Zamon.uz