O'zbekiston

Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli futbol stadioni quriladi

Prezident yangi stadion 2027-yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati talablariga to‘liq mos bo‘lishini ta’kidladi.

Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli futbol stadioni quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Yangi Toshkentda yirik sport inshooti – zamonaviy futbol stadioni qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

 

So‘nggi besh yilda mamlakatimiz futbol sohasida tub burilish davri bo‘ldi. Jumladan, mahalliy chempionatlar tizimi isloh qilinib, bolalar va o‘smirlar akademiyalari tashkil etildi, hududlarda 75 ta katta va 302 ta mini stadion faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Ma’lumki, 2017-yilda yurtimizda FIFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi talablariga javob beradigan maydonlarning soni atigi 3 ta bo‘lgan. Bugun ularning soni 10 tadan oshdi.

 

Yaqinda Yuqori Chirchiq tumanida zamonaviy Milliy futbol markazi qurib bitkazildi. Futbol maktablarida 65 mingdan ortiq yoshlar mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Ushbu maktablarga jahonning nufuzli futbol klublaridan trenerlar, sport tibbiyoti va farmakologiyasi bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilingan.

 

Futbolchilarni mahalladan boshlab seleksiya qiladigan tizim yaratildi. Bunga alohida imtiyozlar joriy qilinib, 9 mingdan ziyod mahallaning 70 foizida futbol uchun mini maydonchalar tashkil etildi.

 

Shuningdek, 1,5 mingta maktabning futbol stadionlari ta’mirlanib, 1 milliondan ziyod o‘quvchi va mahalla yoshlari qamrab olindi. Yoshlar o‘rtasida mahalla, tuman, viloyat va respublika turnirlarini an’anaviy o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

 

Musobaqalarda o‘zini ko‘rsatgan iqtidorli yoshlar futbol maktablariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinmoqda.

 

Bu sa’y-harakatlar o‘z natijasini bera boshladi.

 

– Futbol bo‘yicha olimpiya terma jamoamiz o‘tgan yili Parijdagi olimpiadada ilk bor ishtirok etdi. Tariximizda ilk bor milliy terma jamoamiz kelgusi yilda bo‘ladigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ayni kunlarda Qatarda bo‘layotgan jahon chempionatida o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan futbolchilarimiz Osiyo chempioni sifatida mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda, – dedi davlatimiz rahbari marosimda.

 

Bugun dunyoning turli nufuzli klublarida to‘p surayotgan 20 nafar futbolchimizning umumiy transfer qiymati 60 million dollardan oshdi. Ayniqsa, o‘tgan oydan boshlab hamyurtimiz Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylangani barchamizga faxr va iftixor bag‘ishlaydi.

 

Bu natijalar so‘nggi yillarda yaratilgan imkoniyatlar hisobiga milliy futbol maktabining xalqaro darajada tan olina boshlaganidan dalolat.

 

– Yaqinda FIFA prezidenti Janni Infantino mamlakatimizga tashrifi davomida O‘zbekistonda futbolga e’tibor, yaratilgan infratuzilma, boshqarish tizimidagi islohotlar bilan yaqindan tanishib, ushbu sportdagi tub o‘zgarishlarni yuqori baholadi. Janob Infantino samimiy muloqotimiz chog‘ida xalqaro futbol hamjamiyatining mamlakatimizga bo‘lgan ishonchi tobora ortib borayotgani, O‘zbekiston futboli “Osiyo grandlari” darajasida ekanini alohida ta’kidladi, – dedi Prezident.

 

2-oktabr kuni FIFA Kengashi yig‘ilishida futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida 2027-yildagi jahon chempionatini O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

 

Ushbu jahon chempionati doirasidagi o‘yinlar ikki mamlakatdagi 3 tadan stadionda o‘tkaziladi. Jahon chempionatlarining final va yarim final o‘yinlari sig‘imi 50 mingdan ko‘p bo‘lgan stadionda o‘tkazilishi FIFA talablaridan biri hisoblanadi.

 

– Shu bois, mamlakatimiz futboli uchun muhim loyiha – Yangi Toshkent stadioni qurilishini boshlaymiz. Qiymati 100 million dollarlik ushbu stadion qurilishi uchun nega aynan Yangi Toshkent hududi tanlandi? Sababi Yangi Toshkent kelajakda mamlakatimizning yangi imkoniyatlar va ilg‘or g‘oyalar markaziga aylanadi, – dedi davlatimiz rahbari.

 

Yangi Toshkent hududidagi barcha loyihalar zamonaviy me’morchilik va milliy qadriyatlar uyg‘unligida ekologik va “aqlli boshqaruv”ga asoslanib barpo etilmoqda. Shu umumiy konsepsiya asosida quriladigan yangi stadion ham tabiat bilan uyg‘un bo‘ladi hamda “yashil energiya”, “aqlli boshqaruv” va “qulay muhit” tamoyillariga asoslanadi.

 

Yangi Toshkent stadioni FIFAning barcha talablariga mos ravishda barpo etiladi hamda Osiyodagi eng yirik va zamonaviy infratuzilmaga ega futbol maydonlaridan biri bo‘ladi.

 

Bu inshoot nafaqat 2027-yilgi 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun, balki butun o‘zbek futboli va yoshlar sportining kelgusi o‘n yillik rivoji uchun xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

Qayd etish lozim, mamlakatimizning yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishi xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchi va hurmatining yana bir ifodasidir.

 

Shu munosabat bilan chempionatga tayyorgarlik bo‘yicha alohida davlat dasturi qabul qilinishi aytildi. Infratuzilma, transport, mehmonxona, tibbiy xizmat va volontyorlik tizimlari bo‘yicha mas’ul vazirliklarga aniq vazifalar belgilab beriladi.

 

– Yangi Toshkent stadioni uchun hozir biz qo‘yadigan tamal toshi – bugungi mehnatimizning va ertangi g‘alabalarimizning asosidir. Ishonamanki, bu ulkan inshoot yoshlar uchun ilhom, xalqimiz uchun iftixor ramzlaridan biri bo‘lib, yurtimizdagi millionlab futbol muxlislariga katta sovg‘a bo‘ladi, – dedi Prezident.

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent stadioni poydevoriga kapsula qo‘yib, qurilishini boshlab berdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli futbol stadioni quriladi | Zamon.uz