Jahon

Istanbul sobiq meri Ekrem Imomog‘li 2000 yilgacha qamalishi mumkin

U 143 ta epizod bo‘yicha, jumladan, firibgarlik va poraxo‘rlikda ayblanmoqda.

Istanbul sobiq meri Ekrem Imomog‘li 2000 yilgacha qamalishi mumkin

 

Istanbul Bosh prokuraturasi shahar sobiq meri, muxolifatdagi siyosatchi Ekrem Imomog‘liga nisbatan olib borilgan tergovni yakunladi va unga 828 yildan 2300 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlashni so‘radi.

 

Ayblov xulosasiga ko‘ra, Imomog‘li jinoiy guruh tuzish va unga rahbarlik qilish, poraxo‘rlik, firibgarlik, noqonuniy bitimlar orqali Istanbul shahriga 3,8 milliard dollarlik zarar yetkazganlikda ayblanmoqda.

 

Prokuratura tomonidan tayyorlangan 3900 betlik hujjatda jami 143 ta jinoiy epizod qayd etilgan.

 

Ekrem Imomog‘li 2019-yilda Jumhuriyat Xalq partiyasi (CHP) nomzodi sifatida Istanbul meri etib saylangan edi. U Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqiblaridan biri sifatida tilga olinib, 2028-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

 

Imomog‘li 2025-yil mart oyida munitsipal tenderlar jarayonida vakolatni suiiste’mol qilishda ayblanib hibsga olingan. Hibsga olinishi ortidan Istanbulda ommaviy norozilik namoyishlari yuz bergan, ular politsiya tomonidan kuch bilan tarqatilgan.

 

Shuningdek, Istanbul universiteti shu yilning o‘zida Imomog‘lidan prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida qatnashish uchun zarur bo‘lgan diplomini qaytarib olgan.

 

2025-yil iyul oyida sud Imomog‘lini davlat amaldorini omma oldida haqorat qilishda aybdor deb topgan va 1 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum etgan. Boshqa ayrim ayblovlar bo‘yicha esa u oqlangan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Istanbul sobiq meri Ekrem Imomog‘li 2000 yilgacha qamalishi mumkin | Zamon.uz