O'zbekiston

Jizzaxda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

U loyihalarni tasdiqlash evaziga 200 dollar va 6 million so‘m talab qilgan.

Jizzaxda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Jizzax viloyatidagi tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Tekshiruvlarga ko‘ra, mansabdor shaxs joriy yil sentabr oyida mahalliy tadbirkorga tegishli ko‘p qavatli uy qurilishi loyihasini tasdiqlash uchun 200 AQSh dollari miqdorida pora talab qilib olgan.

 

Shundan so‘ng u xususiy maktab loyihasini tasdiqlash evaziga yana 6 million so‘m so‘ragan. Tezkor tadbir chog‘ida u pularni rafiqasi orqali olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari (“Pora olish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud tomonidan unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Qonunchilikka ko‘ra, ushbu turdagi jinoyatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi | Zamon.uz