O'zbekiston

Narkojinoyatlarga qarshi kurashgan fuqarolar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi

Endi “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” nishoni har yili 26 iyun kuni tantanali topshiriladi.

Narkojinoyatlarga qarshi kurashgan fuqarolar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi

Prezident maʼmuriyati huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligiga tavsiya etilgan nomzodlar ro‘yxati asosida har yili eng faol fuqarolar “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlanadi. Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, nishonni bir shaxs faqat bir marta olishi mumkin va u davlat mukofotlaridan so‘ng, ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.

 

Yangi nizomga muvofiq, nomzodlar ro‘yxati har yili 1 mayga qadar taqdim etiladi; taqdirlash esa Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni, 26 iyun arafasida tantanali ravishda o‘tkaziladi. Bu tashabbus jamiyatda profilaktika faoliyatini rag‘batlantirish, giyohvandlikka qarshi fuqarolik faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

 

Shu bilan birga, farmon doirasida narkojinoyatlarga qarshi jazolar kuchaytirildi: transchegaraviy tarqatish, internet orqali sotish yoki narkoguruh tashkil etish kabi og‘ir jinoyatlar uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish nazarda tutilmoqda. Voyaga yetmaganlarni jalb etganlarga qarshi jazolar og‘irlashtiriladi, jamoat joylarida moddalarni isteʼmol qilganlik uchun esa 15 kungacha maʼmuriy qamoq joriy etilishi mumkin. Raqamli texnologiyalar vazirligi va IIV 2026-yil 1-iyulgacha internetda noqonuniy savdoni aniqlovchi sunʼiy intellekt tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Narkojinoyatlarga qarshi kurashgan fuqarolar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi | Zamon.uz