O'zbekiston

Toshkent aeroportida 20 soniyada yakunlanadigan avtomatlashtirilgan pasport nazorati ishga tushdi

Yangi E-Gate tizimi O‘zbekiston fuqarolari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, chegara nazoratini tezlashtirish va qulaylikni oshirishga xizmat qiladi.

Toshkent aeroportida 20 soniyada yakunlanadigan avtomatlashtirilgan pasport nazorati ishga tushdi

Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida avtomatlashtirilgan E-Gate pasport nazorati tizimi ishga tushirildi. Uzbekistan Airports ma’lumotiga ko‘ra, endilikda yo‘lovchilar biometrik pasportini skanerga qo‘yib, Face ID orqali shaxsi tasdiqlangach, atigi 20 soniyada nazoratdan o‘tadi.

 

Yangi tizim sakkizta elektron yo‘lak bilan jihozlangan bo‘lib, u faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun mo‘ljallangan. Shaxs aniqlangach, turniket avtomatik tarzda ochiladi, bu esa nazorat jarayonini bir necha baravar tezlashtiradi. 2023-yilda jo‘nash zalida sinov tariqasida ishga tushirilgan E-Gate tizimi endi uchib kelish yo‘nalishida ham joriy etildi — natijada aeroportdagi avtomatlashtirilgan yo‘laklar soni 20 taga yetdi.

 

E-Gate texnologiyasi yo‘lovchilarga tezlik va qulaylik yaratish bilan birga, inson omilini kamaytirib, xavfsizlikni oshiradi. Hozirda Toshkent xalqaro aeroporti yiliga 11 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda. Mutasaddilar fikricha, bu tizim raqamlashtirish jarayonini jadallashtirib, O‘zbekiston aeroportlarini xalqaro standartlarga yaqinlashtirishda muhim qadam bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent aeroportida 20 soniyada yakunlanadigan avtomatlashtirilgan pasport nazorati ishga tushdi | Zamon.uz