YUNESKO yangi Bosh direktori Buxoroga tashrif buyurdi
Tashrif davomida Al-Ananiy biyennale ekspozitsiyalari bilan tanishib, uning yuqori darajada tashkil etilganini ta'kidladi.

2025-yil 9-noyabr kuni YUNESKOning yangi saylangan Bosh direktori doktor Xolid Al-Ananiy Buxoro biyennalesida bo‘ldi. Tashrif madaniyat va san’atning xalqaro muloqotdagi ahamiyatini hamda O‘zbekistonning madaniy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini namoyon etdi.
Doktor Al-Ananiy biyennale ekspozitsiyalari bilan tanishib, uning yuqori darajada tashkil etilganini, badiiy yondashuvlarning xilma-xilligi va zamonaviy san’atning shahar tarixiy muhiti bilan uyg‘unligini alohida ta’kidladi.
Buxoro biyennalesi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilib, an’analar va innovatsiyalarni birlashtirgan holda Buyuk Ipak yo‘lining qadimiy shaharlaridan birida turli ijodiy uchrashuvlarga maydon yaratishda davom etmoqda.







