Jahon

AQSH tarixidagi eng uzoq shatdaun rasman yakunlandi

AQSH prezidenti Donald Tramp federal hukumat faoliyatini moliyalashtirishni 30-yanvargacha uzaytiruvchi qonunni imzoladi.

AQSH tarixidagi eng uzoq shatdaun rasman yakunlandi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat federal hukumatining ish faoliyatini 30-yanvargacha moliyalashtirishni uzaytiruvchi qonunni imzoladi. Shu tariqa, AQSH tarixidagi eng uzoq davom etgan shatdaun rasman yakunlandi.

 

Mazkur shatdaun 43 kun davom etdi va bu mamlakat tarixida hukumat faoliyati to‘xtatilgan eng uzun muddat sifatida qayd etildi. Federal byudjet bo‘yicha respublikachilar va demokratlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar natijasida 750 mingga yaqin federal xizmatchi ish haqi saqlanmagan holda majburiy ta’tilga chiqarilgan edi. Faqat aviatsiya dispetcherlari, politsiya, chegara qo‘riqlash xizmati va shoshilinch tibbiy yordam tizimi ishini davom ettirdi.

 

“Shatdaun” atamasi AQSHda davlat tomonidan moliyalashtirish to‘xtatilishi oqibatida hukumat idoralarining vaqtincha yopilishi holatini anglatadi. Bunday vaziyatda zarur xizmatlarni bajarayotgan mansabdorlar maoshsiz ishlashga, qolganlari esa to‘lovsiz ta’tilga chiqishga majbur bo‘ladi.

 

Ushbu shatdaun natijasida AQSHning NATO ittifoqchilariga 5 milliard dollardan ortiq qurol yetkazib berish jarayoni kechiktirildi. Donald Tramp mamlakatning iqtisodiy yo‘qotishlarini 1,5 trillion dollar deb baholab, bunga demokratlarni aybladi.

 

“Demokratlar shatdaunga qaratilgan so‘nggi harakatlari bilan mamlakatimizga 1,5 trillion dollar zarar yetkazdi”, — deb yozdi Tramp Truth Social tarmog‘ida.

 

Shatdaun tugagach, federal xizmatchilar ish joylariga qaytariladi va ularga to‘lanmay qolgan ish haqlari to‘liq qoplab beriladi.

 

AQSHda ushbu holat 2025-yil 1-oktyabrda, navbatdagi moliya yili uchun byudjet loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishilmagani sababli yuzaga kelgan edi. Mojaroning asosiy sababi — Tramp ma’muriyati va Demokratik partiya o‘rtasida Obamacare deb nomlanuvchi tibbiy sug‘urta dasturini moliyalashtirish masalasidagi kelishmovchilik bo‘ldi.

 

Shatdaun davrida Moliya, Sog‘liqni saqlash va Ta’lim vazirliklarini o‘z ichiga olgan 7 ta federal idorada 4 mingdan ortiq xizmatchi ishdan bo‘shatildi. Bu 2019-yildan beri AQSHda qayd etilgan ilk yirik moliyaviy inqirozli tanaffus bo‘ldi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH tarixidagi eng uzoq shatdaun rasman yakunlandi | Zamon.uz