O'zbekiston

Biznesni rivojlantirish banki ACCA eʼtirofiga sazovor bo‘ldi

Toshkentda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bosh homiyligida “Uzbekistan Future CFO” (Bo‘lajak moliyaviy direktor) tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Biznesni rivojlantirish banki ACCA eʼtirofiga sazovor bo‘ldi

 

Toshkentda nufuzli xalqaro tashkilot – ACCA (Sertifikatlangan buxgalterlar assotsiatsiyasi) tashabbusi bilan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bosh homiyligida “Uzbekistan Future CFO” (Bo‘lajak moliyaviy direktor) tanlovi bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va KPMG xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning 30 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasi talabalari ishtirok etishdi.

 

Turli shartlar orqali qatnashchilarning buxgalteriya, moliya va soliq yo‘nalishlaridagi bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Mazkur loyiha O‘zbekistonda ilk bor, Markaziy Osiyoda esa ikkinchi marta o‘tkazildi.

 

"Biznesni rivojlantirish banki"ning mazkur loyihadagi ishtiroki bankning ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish, yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasidagi ezgu intilishlarini ifodalaydi.

 

Tanlov yakunlari bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan 8 nafar talaba bankda 3 oylik amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

 

ACCAning Markaziy Osiyodagi rasmiylari o‘z navbatida, “O‘zbekistonning bo‘lajak moliyaviy direktor” milliy tanlovining Bosh homiysi sifatidagi faol ishtiroki va beqiyos hissasi uchun “Biznesni rivojlantirish banki”ga alohida minnatdorlik bildirib, maxsus sertifikat bilan taqdirladi.

 

“Bankning yosh moliya mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda buxgalteriya va moliya kasbining rivojiga qo‘shgan hissangiz yuksak qadrlanadi”, - deyiladi ACCA axborotida.

 

Bank axborot xizmati

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Biznesni rivojlantirish banki ACCA eʼtirofiga sazovor bo‘ldi | Zamon.uz