O'zbekiston

O‘zbekistonda 14–18 yoshli o‘smirlarga bank kartasini mustaqil ochish huquqi berildi

Ushbu qaror aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va raqamli bank tizimini rivojlantirishga qaratilgan.

O‘zbekistonda 14–18 yoshli o‘smirlarga bank kartasini mustaqil ochish huquqi berildi

 

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan bank kartalariga oid qoidalarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Yangilangan tartibga ko‘ra, endilikda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar o‘z nomlariga bank kartasini mustaqil ravishda ochish huquqiga ega bo‘ldilar.

 

Mazkur hujjat 2025-yil 11-noyabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, u aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va raqamli bank tizimini rivojlantirishga qaratilgan.

 

Yangi tartibga muvofiq:

  • 14–18 yoshli o‘smirlar endilikda bank kartasini mustaqil ochishi mumkin;
  • 14 yoshgacha bo‘lganlar uchun esa ota-onaning biri yoki qonuniy vakilining yozma roziligi talab etiladi;
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar biznes bank kartalari orqali o‘z hisobvaraqlaridagi mablag‘larini boshqarish huquqiga ega bo‘ladi;
  • Yuridik shaxslar ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni korporativ bank kartalari orqali amalga oshirishi mumkin.

 

Shuningdek, bank kartalari turlari safiga ijtimoiy bank kartasi ham kiritildi. Endilikda oldindan emissiya qilingan shaxsiy bank kartalarini chiqarish hamda mobil ilovalar orqali foydalanuvchini identifikatsiya qilgan holda kartani faollashtirish tartibi belgilab qo‘yildi.

 

Mazkur yangiliklar O‘zbekistonda moliyaviy tizimni yanada qulay, xavfsiz va inklyuziv qilishga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.