O'zbekiston

O‘zbekistonda metan narxi 30 foizdan ortiqqa oshdi

Markaziy bank iste’mol bozoridagi narx o‘zgarishlarini e’lon qildi.

O‘zbekistonda metan narxi 30 foizdan ortiqqa oshdi

 

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil oktabr oyida O‘zbekistonda metan narxi yillik hisobda 30,5 foizga oshgan. Shuningdek, benzin (11,7 foiz), nikoh uzugi (33,4 foiz), gazeta va jurnallar (15,3 foiz), sigaret (9,6 foiz) hamda tabiiy gullar (9,8 foiz) narxlarida ham o‘sish kuzatilgan.

 

Bunga qaramay, bir qator tovarlar narxi pasaygan. Xususan, propan 18 foizga, konditsionerlar 1,3 foizga, televizorlar 0,3 foizga, qog‘oz esa 3,9 foizga arzonlashgan.

 

Iste’mol narxlari indeksiga kiruvchi 250 turdagi nooziq-ovqat mahsulotlarining 97 foizida yillik narx o‘sishi 10 foizdan oshmagan.

 

Oziq-ovqat mahsulotlari ichida suyaksiz mol go‘shti (25,3 foiz), karam (24,7 foiz) va kungaboqar moyi (22,6 foiz) sezilarli qimmatlashgan. Aksincha, shaftoli (−28,7 foiz), tarvuz (−21,8 foiz), guruch (−18 foiz), bodring (−17,6 foiz) va banan (−15,1 foiz) narxi pasaygan.

 

Xizmatlar sohasida esa narxlar turlicha o‘zgargan:

  • ichki aviareyslar — +52,3 foiz;
  • tarmoq gazi — +39,2 foiz;
  • sovuq suv — +35,1 foiz;
  • muzey xizmatlari — +32,3 foiz;
  • chiqindi tashlash — +28,6 foiz;
  • shahar avtobuslari yo‘l haqi — +22,3 foiz

 

Shu bilan birga, pul o‘tkazmalari (−4,8 foiz) va mikromoliyaviy xizmatlar (−0,2 foiz) biroz arzonlashgan.

 

Markaziy bank qayd etishicha, O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 7,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 2,4 foiz punktga pasaygan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.