Jahon

Putin 2026-yilda Qozog‘istonga tashrif buyurish taklifini qabul qildi

Bu Rossiya prezidentining 2022-yilda Ukrainadagi harbiy harakatlar boshlanganidan buyon Qozog‘istonga amalga oshiradigan beshinchi safari bo‘ladi.

Putin 2026-yilda Qozog‘istonga tashrif buyurish taklifini qabul qildi

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning 2026-yilda Qozog‘istonga tashrif buyurish taklifini qabul qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Putin davlat OAVlariga bergan izohida: “Rahmat, men mamnuniyat bilan Qozog‘istonga kelaman”, — deya ta’kidladi. Mazkur tashrif Rossiya Prezidentining 2022-yilda Ukrainadagi harbiy harakatlar boshlanganidan buyon Qozog‘istonga amalga oshiradigan beshinchi safariga aylanadi. Tashrifning aniq sanasi keyinchalik e’lon qilinadi.

 

Ma’lumki, Qozog‘iston Rossiya va Xitoy o‘rtasida joylashgan bo‘lib, Ukrainadagi mojaro davomida diplomatik muvozanatni saqlab qolishga intilmoqda.

 

Shu haftada Moskvada o‘tgan muzokaralar chog‘ida Prezident To‘qayev AQShga qilgan tashrifi natijalari yuzasidan Putinga batafsil ma’lumot berdi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari uchrashuvda qo‘shma iqtisodiy loyihalarni muhokama qildi hamda Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan Rossiyaning yirik neft kompaniyalari — “Lukoyl” va “Rosneft” korxonalari faoliyatiga AQSh sanksiyalarining ta’siri yuzasidan fikr almashdi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda 2024-yilda tovar ayirboshlash hajmini 30 milliard dollargacha yetkazish yo‘lida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

 

Putin To‘qayevning Moskvaga tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni “hukumatlararo yuqori darajaga ko‘targanini” alohida ta’kidladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Putin 2026-yilda Qozog‘istonga tashrif buyurish taklifini qabul qildi | Zamon.uz