O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida

Davlat rahbari “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan maqolasida Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro ishonch va hamkorlikning yangi bosqichiga kirganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2025-yil 13-noyabr kungi 234-sonida e’lon qilingan “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasida mintaqaning bugungi taraqqiyot yo‘nalishlari va istiqbollari keng yoritilgan.

 

Davlat rahbari ta’kidlaganidek, Markaziy Osiyo o‘z taraqqiyotining yangi, tarixiy bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Unga ko‘ra, bu jarayon o‘z-o‘zidan yuzaga kelmagan, balki mintaqa mamlakatlari rahbarlarining siyosiy irodasi, aniq maqsadga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlari va o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlik siyosati natijasidir.

 

Prezident mintaqada birinchi bor mustahkam o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va hurmat muhiti shakllanganini, bu esa mamlakatlar o‘rtasida yangi bosqichdagi birdamlik va o‘zaro tushunish tamoyillarini kuchaytirayotganini ta’kidladi.

 

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari mintaqada yangi muloqot arxitekturasini yaratganini, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammit esa barqaror, o‘zaro bog‘liq va farovon Markaziy Osiyoni barpo etishda yangi bosqichni boshlab berishini qayd etdi.

 

Davlat rahbari maqolada shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash siyosiy maqsad emas, balki strategik zaruratga aylanganini, bu jarayon Markaziy Osiyoni barqarorlik, bunyodkorlik va o‘zaro ishonch maskaniga aylantirganini alohida ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida | Zamon.uz