O'zbekiston

Toshkentda 100 dan ortiq ekologik me’yorlarni buzgan xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi

4,8 mingdan ortiq obyekt o‘rganilib, havoni ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha qat’iy choralar belgilandi.

Toshkentda 100 dan ortiq ekologik me’yorlarni buzgan xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi

 

Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatida ekologik xavfsizlik talablariga rioya etmagan 106 ta xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Shuningdek, dudburonlardan foydalanish qoidalarini buzgan 58 ta issiqxona xo‘jaligiga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanildi.

 

Bu chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-fevraldagi 59-F-son farmoyishi ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Farmoyishda poytaxt va viloyat hududlarida atmosfera havosini muhofaza qilish, chiqindilarni kamaytirish hamda zararli gaz va tutun chiqishini nazorat qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura hamda Toshkent shahri va viloyati hokimliklari tomonidan 300 dan ortiq mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar tuzildi. Ular tomonidan 4 869 ta obyekt o‘rganilib, shundan 595 tasi issiqxona xo‘jaliklari, 2 265 tasi ijtimoiy soha obyektlari, 1 998 tasi esa sanoat va qurilish korxonalarini tashkil etdi.

 

Tekshiruvlar natijasida ayrim xo‘jaliklarda zararli kimyoviy, fizik va biologik moddalarning havoga chiqarilishi, shuningdek, ekologik me’yorlarga zid faoliyat yuritish holatlari aniqlandi. Har bir qonunbuzilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi: 106 xo‘jalik faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, 58 issiqxona jarimaga tortildi, 387 holat bo‘yicha rasmiy ogohlantirish xatlari yuborildi.

 

Ekologik nazorat tadbirlari muntazam davom ettirilmoqda. Mazkur ishlar poytaxt va viloyatlarda havoning sifatini yaxshilash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda barqaror ekologik muhitni ta’minlashga qaratilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda 100 dan ortiq ekologik me’yorlarni buzgan xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi | Zamon.uz