Jahon

Venesuelada harbiy safarbarlik eʼlon qilindi

AQSH kemalari va harbiy qo‘shinlarining Karib dengizida to‘planishi ortidan Venesuela mamlakatida harbiy safarbarlik joriy qilindi.

Venesuelada harbiy safarbarlik eʼlon qilindi

 

Mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopesning so‘zlariga ko‘ra, quruqlik, havo, dengiz va zaxira kuchlari chorshanbagacha mashg‘ulotlar o‘tkazadi. U bu harbiy harakatni AQSH tomonidan kelayotgan “imperialistik tahdid”ga javob sifatida tasvirladi. Bu haqda CNN xabar qildi.

 

Mashg‘ulotlarda muntazam harbiy bo‘linmalar bilan birga Bolivarcha militsiya ham ishtirok etadi — bu fuqarolardan tashkil topgan zaxira kuch bo‘lib, uni marhum prezident Ugo Chaves yaratgan. U Simon Bolivar — Ispaniyadan mustaqillik uchun kurashgan bir qator Lotin Amerikasi mamlakatlari ozodlik yetakchisi nomi bilan atalgan.

 

Mudofaa vaziri bu buyruqni to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezident Nikolas Maduro berganini aytib, mashg‘ulotning maqsadi boshqaruv, nazorat va aloqa tizimini takomillashtirish hamda mamlakat mudofaasini taʼminlash ekanini taʼkidladi.

 

Bu harakat ikki davlat o‘rtasidagi keskinlik kuchayayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda. Seshanba kuni AQSH harbiy-dengiz kuchlari AQSHning eng yirik harbiy kemasi — “USS Gerald R. Ford” aviatashuvchisi — Lotin Amerikasining katta qismini o‘z ichiga olgan AQSHning Janubiy qo‘mondonligi hududiga yetib kelganini eʼlon qilgan edi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Venesuelada harbiy safarbarlik eʼlon qilindi | Zamon.uz