O'zbekiston

YUNESKO O‘zbekiston xalqiga va Prezidentga chuqur minnatdorlik bildirdi

43-Bosh konferensiya Samarqandda yuqori darajada o‘tkazilgani xalqaro miqyosda e’tirof etildi.

YUNESKO O‘zbekiston xalqiga va Prezidentga chuqur minnatdorlik bildirdi

YUNESKO tashkiloti Samarqand shahrida 30-oktyabr - 14-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan 43-Bosh konferensiyaning yuqori saviyada tashkil etilgani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.

 

Tashkilot o‘z murojaatida O‘zbekiston xalqi va hukumatiga, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevga Bosh konferensiyani o‘tkazishda ko‘rsatgan yordami, e’tibori va shaxsiy ishtiroki uchun samimiy va chuqur minnatdorchilik izhor etdi.

 

Shuningdek, YUNESKO O‘zbekiston tomonidan barcha a’zo davlatlar, assotsiatsiyalashgan a’zolar va kuzatuvchilarning to‘liq ishtirokini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.

 

Tashkilot o‘z murojaatida O‘zbekistonning qadimiy madaniy merosi va boy sivilizatsiyasi konferensiya ishtirokchilari o‘rtasida do‘stlik va uyg‘unlik ruhini mustahkamlashga katta hissa qo‘shganini alohida ta’kidladi.

 

Murojaat yakunida YUNESKO O‘zbekiston xalqi va hukumatiga do‘stlik va o‘zaro hurmat izhor etib, tashkilot bilan hamkorlikning yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

YUNESKO O‘zbekiston xalqiga va Prezidentga chuqur minnatdorlik bildirdi | Zamon.uz