O'zbekiston

Andijonda sobiq profilaktika inspektori ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Xodim YTH sodir etishidan ikki kun avval ishdan bo‘shatilgan bo‘lib chiqdi.

Andijonda sobiq profilaktika inspektori ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 9-noyabr kuni soat taxminan 18:30larda Shahrihon tumani hududida sobiq ichki ishlar organlari xodimi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

 

Aniqlanishicha, ilgari Shahrihon tumani IIBda profilaktika katta inspektori lavozimida faoliyat yuritgan S.A. 2025-yil 7-noyabrda Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan tegishli buyruq asosida tizimdan qurolli kuchlar zaxirasiga bo‘shatilgan.

 

Hodisa vaqtida u o‘ziga tegishli “Nexia-3” rusumli avtomobilni Shahrihon tumani Nazarmahrom MFY hududidan o‘tgan mahalliy yo‘lda boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mashina qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, shu tomondan harakatlanayotgan 1972-yilda tug‘ilgan J.M. boshqaruvidagi skuter bilan to‘qnashgan.

 

To‘qnashuv natijasida skuter haydovchisi J.M. turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Avtomobil va skuter texnik shikast yetgan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan Shahrikhon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Andijonda sobiq profilaktika inspektori ishtirokida YTH sodir bo‘ldi | Zamon.uz