O'zbekiston

Madaniy va Maʼrifiy telekanallar: yangi formatlar va xalqaro hamkorlik

Markaziy Osiyo mamlakatlari OAV rahbarlari va mutaxassislari o'rtasida zamonaviy media va xalqaro loyihalar muhokama qilindi.

Madaniy va Maʼrifiy telekanallar: yangi formatlar va xalqaro hamkorlik

Islom sivilizatsiyasi markazida "Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy maʼrifiy meros – umumiy kelajak” xalqaro kongressi doirasida "Madaniy va Maʼrifiy telekanallar: yangi formatlar va xalqaro hamkorlik mavzuda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Kongress doirasidagi ilm va innovatsiya, anʼana va texnologiya uyg‘unlashgan yangi formatdagi sho‘ba yig‘ilishida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston OAV rahbarlari, telekanallar prodyuserlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

 

Yuqori darajada bo‘lib o‘tgan yig‘ilish qizg‘in kechdi. Tadbirning bosh g‘oyasi –ommaviy axborot vositalari, xususan madaniy-maʼrifiy telekanallar faoliyati samaradorligini oshirish, Markaziy Osiyo mamlakatlarining maʼnaviy va madaniy merosini targ‘ib etish, ilmiy va maʼrifiy qadriyatlarni keng yoritish, shuningdek, global media makonida xalqaro o‘zaro hamkorlik platformasini yaratishdan iborat.

 

Mazkur sho‘ba yig‘ilishi qadimiy qo‘lyozmalardan tortib to intellektual algoritmlargacha bo‘lgan yo‘l – bu nafaqat texnologiya, balki tafakkur evolyutsiyasi ekani taʼkidlandi.

 

Shuningdek, raqamli davrda OAV ning o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Markaziy Osiyo davlatlarining xususiy va davlat telekanallaridan tashrif buyurgan mutaxassislar o‘z mamlakatlaridagi telekanallar va ularning faoliyati haqida maʼlumot berdi.

 

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida madaniy-maʼrifiy telekanallarning zamonaviy media maydonidagi o‘rni, hujjatli filmlar, xalqaro kontent almashinuvni kengaytirish, interaktiv dasturlar va raqamli medialarni rivojlantirish, qo‘shma mediaproyektlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekistonda madaniy-maʼrifiy telekanallarning rivojiga bag‘ishlangan videolavha namoyish etildi. Tadbir OAV vakillari bilan ochiq muloqot va savol-javob shaklida yakunlandi.

 

“Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy merosi: yagona o‘tmish – umumiy kelajak” xalqaro kongressi 15- noyabr kuniga qadar davom etadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Madaniy va Maʼrifiy telekanallar: yangi formatlar va xalqaro hamkorlik | Zamon.uz