O'zbekiston

O‘zbekistonliklar ruxsat etilmagan joylarga chiqindi tashlab ketgani uchun bir milliardga yaqin pul to‘lagan

Buxoro viloyati eng toza hudud sifatida qayd etilib, atigi ikki holat aniqlangan.

O‘zbekistonliklar ruxsat etilmagan joylarga chiqindi tashlab ketgani uchun bir milliardga yaqin pul to‘lagan

 

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar–noyabr oylarida chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga tashlab ketish bilan bog‘liq 9,8 mingdan ortiq holat qayd etildi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qoidabuzarliklarning barchasi doimiy monitoring olib boruvchi ishchi guruh tomonidan o‘rnatilgan IP kameralar orqali aniqlangan.

 

Qayd etilgan holatlarning 2,2 mingiga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilib, jami 900 million so‘mdan ortiq jarima undirilgan. Yana 7,6 mingta holat yuzasidan esa tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda, ularga nisbatan keyingi jarayonlar amaldagi tartibda davom ettiriladi.

 

Statistikaga ko‘ra, avtomashinalardan chiqindi tashlab ketish holatlari qariyb 4 ming marotaba kuzatilgan.

 

Hududlar kesimida eng ko‘p qoidabuzarliklar Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qayd etilgan: Andijonda — 3 ming, Namanganda — 2,9 ming, Farg‘onada — 1,6 ming holat. Keyingi o‘rinlarda Samarqand (taxminan 1 ming), Toshkent viloyati (430 dan ortiq), Surxondaryo (250), Sirdaryo (140 dan ortiq), shuningdek Toshkent shahri va Xorazm viloyati (120 ga yaqin) qayd etilgan.

 

Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida qoidabuzarliklar soni 100 tadan kamni tashkil etdi. Buxoro viloyati eng toza hudud sifatida qayd etilib, atigi ikki holat aniqlangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonliklar ruxsat etilmagan joylarga chiqindi tashlab ketgani uchun bir milliardga yaqin pul to‘lagan | Zamon.uz