O'zbekiston

Sirdaryoda 3 nafar IIO xodimi pora bilan qo‘lga olingani tanqid qilindi

O‘n oyda Sirdaryo IIB tizimida 96 nafar xodim intizomiy jazoga tortilgan.

Sirdaryoda 3 nafar IIO xodimi pora bilan qo‘lga olingani tanqid qilindi

 

Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat intizomi, qonunchilik talablariga rioya etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qat’iy nazorat davom ettirilmoqda. Tizimda har qanday huquqbuzarlik favqulodda holat sifatida baholanib, mas’ul xodimlarga nisbatan keskin choralar qo‘llanmoqda.

 

Vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlar davomida mansab vakolatini suiiste’mol qilgan yoki noqonuniy xatti-harakatga yo‘l qo‘ygan xodimlar aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik muqarrarligi ta’minlanmoqda. Har bir bunday holat hududiy bo‘linmalar rahbarlari hamda shaxsiy tarkib ishtirokida alohida muhokama qilinmoqda.

 

Sirdaryo viloyatida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari D. Nazarmuxammedov boshchiligida o‘tkazilgan navbatdagi tanqidiy yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan o‘n oyida erishilgan natijalar, shuningdek, aniqlangan kamchiliklar tahlil qilindi. Unda xodimlar o‘z xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishi, intizomga qat’iy rioya qilishi va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha talablar yana bir bor eslatib o‘tildi.

 

Shu bilan birga, qonunbuzarlikning oldini olishda faol pozitsiya namoyish etgan, korrupsion takliflar haqida o‘z vaqtida xabar bergan xodimlar rag‘batlantirilgani qayd etildi. O‘tgan o‘n oy davomida Sirdaryo viloyatida xodimlarga pora taklif qilingan 7 ta holat aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilgan.

 

Yig‘ilishda ayrim xodimlarning sustkashligi va xizmatga loqayd munosabati tizimga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani tanqid qilindi. Mavjud intizomiy choralardan tashqari, viloyat bo‘yicha 96 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llangan, ikki holatda 3 nafar xodimning jinoyatga aloqadorligi muhokama qilingan.

 

Vazirlik korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha barcha hududlarda tezkor-profilaktik tadbirlarni davom ettiradi. Aniqlangan qonunbuzarliklar bo‘yicha qat’iy choralar qo‘llanib, shaxsiy tarkib o‘rtasida muntazam muhokamalar tashkil etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sirdaryoda 3 nafar IIO xodimi pora bilan qo‘lga olingani tanqid qilindi | Zamon.uz