Jahon

Telegram bir sutkada rekord darajada ko‘p kanalni blokladi

Yil davomida o‘chirilgan kanallar soni 34,9 milliondan oshdi.

Telegram bir sutkada rekord darajada ko‘p kanalni blokladi

 

Telegram 13-noyabr kuni 519 645 ta kanalni bloklaganini ma’lum qildi. Bu koʻrsatkich platforma tomonidan bunday statistika yuritila boshlaganidan beri qayd etilgan eng yuqori natija hisoblanadi.

 

Kompaniga ko‘ra, blokirovka qilingan kanallar soni bo‘yicha avvalgi rekord joriy yil fevral oyida kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda bir sutkada taxminan 500 ming kanal o‘chirib tashlangan edi. Telegram blokirovka statistikasi 2023-yil oxiridan boshlab muntazam ravishda shakllantirilib kelmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon messenjer ma’muriyati jami 34,9 milliondan ortiq kanal va guruhlarni bloklagan. Shundan 856 mingdan ortig‘i bolalarga nisbatan zo‘ravonlik tasvirlarini tarqatgan, 207 mingdan ortig‘i esa terroristik faoliyat bilan bog‘liq guruh sifatida aniqlangan.

 

Telegram foydalanuvchilarga zararli kontent haqida darhol xabar berish imkonini beradi. Postni bosib turish orqali “shikoyat qilish” menyusi ochiladi va istalgan qoidabuzarlik turi bo‘yicha murojaat yuborish mumkin.

 

Platformaga ko‘ra, zo‘ravonlikka undash, bolalarga zarar yetkazish, noqonuniy mahsulot savdosi, firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish, spam va mualliflik huquqini buzish bilan bog‘liq kontent shikoyatlar asosida o‘chiriladi. Shuningdek, “qonunni buzmaydi, lekin o‘chirilishi kerak” degan alohida toifa ham mavjud.

 

Telegramning moderatsiya mexanizmi 2015-yildan buyon foydalanuvchi shikoyatlari va mashinani o‘rganish texnologiyalarini birlashtirgan holda faoliyat yuritadi. 2024-yil boshida tizim sun’iy intellekt asosidagi ilg‘or vositalar bilan kengaytirildi.

 

Messenjer asoschisi Pavel Durovning Parijda hibsga olinishi moderatsiya siyosati bo‘yicha xalqaro bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi. Hibsga olish Telegramning kontentni yetarlicha nazorat qilmasligi hamda Fransiya huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilmaganlik ehtimoli bo‘yicha tergov doirasida amalga oshirilgan.

 

Shundan so‘ng platformaning moderatsiya siyosati yangilandi. Pavel Durovning aytishicha, Telegram 2018-yildan beri qonuniy so‘rovlarga javoban jinoyatchilarning IP-manzillari va telefon raqamlarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etib keladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Telegram bir sutkada rekord darajada ko‘p kanalni blokladi | Zamon.uz