O'zbekiston

Bojxona: 1 trillion so‘mlik kontrabanda tovarlari to‘xtatib qolindi

Bojxona qo‘mitasi o‘tgan 10 oylik faoliyat davomida taqiqlangan moddalar va noqonuniy tovarlar bo‘yicha katta ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.

Bojxona: 1 trillion so‘mlik kontrabanda tovarlari to‘xtatib qolindi

 

O‘zbekiston bojxona organlari 2025-yilning o‘tgan o‘n oyi davomida giyohvand moddalar, qurol-yarog‘ va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishda sezilarli natijalarga erishdi. Tizim xodimlari tomonidan yirik miqdordagi taqiqlangan moddalar va kontrabanda tovarlarning oldi olindi.

 

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida 1 tonna 610 kilogramm narkotik vositalar, shuningdek 1 tonna 55 kilogrammdan ortiq psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar musodara qilingan.

 

Shu bilan birga, noqonuniy aylanmadan 137 dona o‘qotar va tig‘li qurol, 566 dona turli kalibrdagi o‘q-dorilar, 44,5 milliard so‘m qiymatdagi tamaki mahsulotlari ham olib qo‘yilgan.

 

Bojxona xodimlari tomonidan qiymati qariyb 1 trillion so‘mlik tovarlarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi. Ular orasida 73,3 milliard so‘mlik xorijiy valyuta, 114,1 milliard so‘mlik zargarlik buyumlari va boshqa tovarlar mavjud.

 

Bojxona organlari tomonidan ko‘rilayotgan tizimli choralar mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlash, kontrabanda va jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bojxona: 1 trillion so‘mlik kontrabanda tovarlari to‘xtatib qolindi | Zamon.uz