Carlyle “Lukoyl”ning xorijiy aktivlarini xarid qilish imkoniyatini o‘rganmoqda
Sanksiyalar ortidan “Lukoyl”ning Gunvor bilan bitimi to‘xtatilgach, AQShlik Carlyle uning xalqaro aktivlari bo‘yicha qiziqish bildirgan. Kompaniya xorijiy aktivlar qiymati 22 mlrd dollarga baholangan.

AQShning yirik xususiy investitsiya kompaniyalaridan biri — Carlyle Group Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasiga tegishli xorijiy aktivlarni sotib olish ehtimolini o‘rganayotgani haqida vaziyatdan xabardor manbalar ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, kompaniya hozirda ushbu istiqbolni baholashning dastlabki bosqichida bo‘lib, bitimni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan AQShning maxsus ruxsatnomasiga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.
AQSh tomonidan Rossiya kompaniyasiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar hamda “Lukoyl”ning Shveytsariyada joylashgan Gunvor kompaniyasiga xorijiy aktivlarini sotish harakati bloklangani sababli mazkur jarayon xalqaro maydonda katta e’tiborga sabab bo‘lmoqda.
“Lukoyl” dunyo neft qazib olishining qariyb 2 foizini tashkil etadi, kompaniyaning xorijdagi aktivlari 2024-yilgi hujjatlarga ko‘ra 22 milliard dollarga baholangan. Gunvor avval ushbu aktivlarni xarid qilishga urinib ko‘rgan, biroq AQSh G‘aznachiligi bunga qarshi chiqishi ortidan, shuningdek Rossiya tomoni Gunvorni “Kreml qo‘g‘irchog‘i” tarzida baholagani sabab jarayon to‘xtatilgan edi.
Hozircha Carlyle ham, Lukoyl ham yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha izoh bermagan.
Lukoylning Yevropada uchta neftni qayta ishlash zavodi, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Iroq, Meksika, Gana, Misr va Nigeriyadagi neft konlarida ulushlari va dunyo bo‘ylab, jumladan, AQShda ham yuzlab chakana yonilg‘i quyish shoxobchalari mavjud.
AQSHning so'ngi sanksiyalari Lukoylning Iroq, Finlyandiya va Bolgariyadagi faoliyatini ham to'xtatdi .
Dunyodagi eng yirik xususiy kapital, muqobil aktivlarni boshqarish va moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi firmalardan biri bo'lgan Carlyle boshqaruvidagi 474 milliard dollarlik aktivlarga ega.







