Jahon

Donald Tramp BBC'ni sudga bermoqchi

Korporatsiya o‘tgan hafta prezident nutqining ayrim qismlarini noto‘g‘ri tahrir qilgani uchun rasmiy uzr so‘ragan bo‘lsa-da, efirdagi ko‘rinishlarni rad etish va moddiy kompensatsiya to‘lashdan bosh tortgan.

Donald Tramp BBC'ni sudga bermoqchi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniyaning BBC korporatsiyasi ustidan sudga murojaat qilish niyatida ekanini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, “Panorama” dasturi uchun tayyorlangan hujjatli filmda 2021-yil 6-yanvar kuni Capitoliy voqealari arafasida aytilgan nutqining ayrim qismlari noto‘g‘ri tahrir qilingani va haqiqiy mazmun buzib ko‘rsatilgani prezident tomonidan manipulyatsiya sifatida baholangan.

 

Trampning bildirishicha, BBC uning nutqining turli epizodlarini birlashtirib, vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilgan. Korporatsiya o‘tgan hafta mazkur montaj xatosi uchun rasmiy uzr so‘ragan bo‘lsa-da, efirdagi ko‘rinishlarni rad etish yoki moddiy kompensatsiya to‘lashdan bosh tortgan.

 

Mazkur holatdan so‘ng Trampning yuridik jamoasi BBC ustidan 1 milliard dollardan 5 milliard dollargacha bo‘lgan miqdorda da’vo bilan sudga murojaat qilishini bildirgan. Da’vo doirasida efirdagi noto‘g‘ri ma’lumotlarni raddiya qilish, rasmiy uzr so‘rash va moddiy tovon undirish talab qilinadi.

 

Trampning aytishicha, ushbu sud arizasi “katta ehtimol bilan kelasi hafta” taqdim etiladi. Filmda uning 2021-yil 6-yanvardagi chiqishidan ikki turli parchani birlashtirish orqali bitta epizod sifatida namoyish etilgani, prezident tomonidan “qasddan noto‘g‘ri yoritish” deb baholangan. BBC esa montaj xatosini tan olgan, biroq moliyaviy javobgarlikni qabul qilmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Donald Tramp BBC'ni sudga bermoqchi | Zamon.uz