Janubiy Koreyadagi logistika omborida kuchli yongʻin yuz berdi
Shahar markazidagi omborda tarqalgan olovni 129 nafar qutqaruvchi va 63 ta yongʻin mashinasi nazorat ostiga oldigan.

Janubiy Koreyaning Chonan shahrida mamlakatdagi eng yirik logistika omborlaridan biri – E‑Land Fashion markazida yongʻin chiqdi. Ombor toʻliq kiyim-kechak mahsulotlari bilan toʻldirilgani sababli olov tez tarqaldi va uni oʻchirish qiyinlashgan.
Favqulodda vaziyatga 129 nafar yongʻin-qutqaruv xizmati va 63 ta yongʻin mashinasi jalb qilingan. Hodisa yuz berganda 1-darajali xavf e’lon qilingan boʻlsa-da, olov tez tarqalgani sabab daraja 2-ga oshirilgan. Olovni nazoratga olish jarayonida ikki yongʻin vertolyoti ham ishlatilgan.
Hodisa natijasida jabrlanganlar yoʻq. Rasmiylar olov sabablarini aniqlash va yetkazilgan zarar miqdorini baholash uchun tergov oʻtkazilishini bildirmoqda.







