O'zbekiston

Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari uchrashdi

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalari oʻrtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtalari toʻgrisidagi Shartnoma ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish to‘g‘risidagi Bayonnoma imzolandi.

Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari uchrashdi

Bugun, 15-noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tfi. Unda ilk bora Ozarbayjon tashqi ishlari vaziri ham ishtirok etdi. Bu haqda Zamon.uz muxbiri Shohjahon Majidov xabar qildi.

 

Mazkur tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Serdar Muhammetdurdiyev, hamda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov ishtirok etdi.

 

Tomonlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi kun tartibiga oid masalalar, asosiy qarorlar hamda mintaqaviy hamkorlikni belgilovchi hujjatlarni muhokama qildilar.
Muzokaralar davomida hamkorlikni mustahkamlash hamda mintaqaning umumiy farovonligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv ishtirokchilari integratsiyani chuqurlashtirish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va umumiy vazifalarni hamkorlikda hal etish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari uchrashdi | Zamon.uz