Jahon

Misrlik ayol bir vaqtning o‘zida to‘qqiz farzandga homilador bo’ldi

Mutaxassislar bunday holat ona va homila uchun juda yuqori xavf tug‘dirishini ta’kidlashmoqda.

Misrlik ayol bir vaqtning o‘zida to‘qqiz farzandga homilador bo’ldi

Misrda tibbiyot jamoatchiligini hayratga solgan juda kam uchraydigan holat qayd etildi. UZI tekshiruvi davomida bir ayolning birdaniga to‘qqiz nafar bolaga homilador ekani aniqlangan. Bu haqda “Al-Arabiya” xabar berdi.

 

Shifokorlarning aytishicha, ushbu noodatiy homiladorlikka tuxumdon faoliyatini rag‘batlantiruvchi dori vositalaridan nazoratsiz foydalanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar bunday holat ona va homila uchun juda yuqori xavf tug‘dirishini ta’kidlashmoqda.

 

Mazkur holat oila uchun ham kutilmagan bo‘lib, tekshiruv natijalari er-xotin va shifokorlarni hayratda qoldirgan. Ginekolog Voil al-Banno bunga bir nechta omillar uyg‘unlashuvi sabab bo‘lganini, bunday holat tibbiyotda nihoyatda noyob uchrashini qayd etdi. Mutaxassisga ko‘ra, vaqtida tibbiy aralashuv orqali homilalar sonini kamaytirish ona salomatligini himoya qiladi va qolgan bolalarning rivoji uchun eng yaxshi sharoit yaratadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida to‘rt egizak qizaloq dunyoga kelgani haqida xabar berilgandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Misrlik ayol bir vaqtning o‘zida to‘qqiz farzandga homilador bo’ldi | Zamon.uz