Qashqadaryoda ota farzandiga aliment evaziga 6 sotixli hovli berdi
Shu tariqa ijro hujjati to‘liq bajarilib, ish yurituvi yakunlandi.

Majburiy ijro byurosi Muborak tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida ota burchi va insonparvarlik namunasi bo‘lgan holat kuzatildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan, qarzdor fuqarodan farzandining 18 yoshga to‘lguniga qadar moddiy taʼminoti uchun aliment undirilishi belgilangan edi. Biroq u belgilangan majburiyatni o‘z vaqtida bajarmasligi natijasida qarzdorlik miqdori 9 mln so‘mga yetdi.
Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor o‘z burchini qonun doirasida amalga oshirish zarurligini anglab yetdi.
Natijada, joriy yilning 11 noyabr kuni N.Qo‘ziboyev farzandining moddiy taʼminoti sifatida pul o‘rniga undiruvchiga 6 sotixli uy-joyni rasman berdi.
Shu tariqa ijro hujjati to‘liq bajarilib, ish yurituvi yakunlandi.







