Jahon

Rossiya tomonidan Kiyevga uchirilgan raketalardan biri Ozarbayjon elchixonasiga tushdi

Elchixona hududiga “Iskander” raketasi tushgani bois Rossiya elchisi TIVga chaqirildi va unga qat’iy norozilik bildirildi.

Rossiya tomonidan Kiyevga uchirilgan raketalardan biri Ozarbayjon elchixonasiga tushdi

 

2025-yil 14-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Mixail Yevdokimov Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

 

Uchrashuv davomida 14-noyabr kuni taxminan soat 01:00 da Ukraina poytaxti Kiyevga qilingan raketa va dron hujumlari oqibatida Ozarbayjonning Kiyevdagi Elchixonasi hududiga “Iskander” turidagi raketalardan biri tushgani munosabati bilan Rossiya tomoniga qat’iy norozilik bildirildi va tegishli nota-verbal topshirildi.

 

Uchrashuvda ushbu portlash oqibatida elchixona perimetri devorining bir qismi butunlay vayron bo‘lgani, binolar, xizmat avtomobillari, ma’muriy inshoot va konsullik bo‘limiga jiddiy zarar yetgani, diplomatik vakolatxona hududida katta talafot kuzatilgani ta’kidlandi. Hodisa oqibatida inson talofati yo‘qligi qayd etildi.

 

Shuningdek, mazkur hujumlar xalqaro huquq normalari va tamoyillariga zid ekani, bunday holatlar avval ham takrorlangan eslatildi. Xususan:

  • 2022-yil 10-mart kuni Xarkov shahridagi Ozarbayjonning Faxriy konsulxonasi binosiga qilingan aviazarbadan so‘ng inshoot jiddiy zarar ko‘rgan, xizmat avtomobili yaroqsiz holga kelgan;
  • 2024-yil 2-yanvar kuni Rossiya tomonidan “Kinzhal” raketasi bilan amalga oshirilgan hujum natijasida elchixona binosidan 35 qadam narida 3 metrli chuqurlik paydo bo‘lgan, 8 metr pastlikda portlamay qolgan jangovar qismlar aniqlangan;
  • 2025-yil 28-avgust kuni elchixona yaqiniga qilingan navbatdagi aviazarbadan so‘ng ma’muriy bino, konsullik bo‘limi va elchi rezidensiyasi zarar ko‘rgan;
  • 2025-yil 8 va 18-avgust kunlari Odessa viloyatidagi SOCAR neft omboriga dron hujumlari uyushtirilib, xodimlar jarohatlangan va infratuzilma jiddiy shikastlangan.

 

Mazkur faktlar hujumlarning ehtimoliy qasddan amalga oshirilganiga doir jiddiy savollar tug‘dirayotgani ta’kidlandi.

 

Uchrashuvda, shuningdek, Ozarbayjon tomoni bu holatlar haqida avval ham rasmiy nota-verballar orqali Rossiya tomonini xabardor qilgani, 2022-yil aprel oyidayoq Ukrainadagi Ozarbayjon diplomatik vakolatxonalarining koordinatalari Rossiya Mudofaa vazirligiga taqdim etilgani eslatib o‘tildi. O‘sha paytda Rossiya tomoni mazkur koordinatalar inobatga olinishi bo‘yicha kafolat bergan edi.

 

Yig‘ilish yakunida Ozarbayjon diplomatik vakolatxonalariga qaratilgan bunday hujumlar mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligi qat’iy ta’kidlandi. Rossiya tomonidan voqea yuzasidan keng qamrovli tergov o‘tkazish va batafsil izoh taqdim etish so‘raldi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya tomonidan Kiyevga uchirilgan raketalardan biri Ozarbayjon elchixonasiga tushdi | Zamon.uz