O'zbekiston

Sirdaryoda shifokorni kaltaklagan erkak 15 sutkaga qamaldi

U rashk sababli xotinini tekshiruvdan o‘tkazayotgan shifokor bilan janjallashgan.

Sirdaryoda shifokorni kaltaklagan erkak 15 sutkaga qamaldi

 

Sirdaryo viloyatida shifokor faoliyatiga aralashuv bilan bog‘liq noxush holat yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomateriallarda bemor ayolning turmush o‘rtog‘i rashk sababli navbatchi shifokor bilan janjalga aralashgani aks etgan. Viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

 

Joriy yilning 9-noyabr kuni soat 00:25 da Mirzaobod tuman IIBga “102” xizmatiga kelgan xabarga ko‘ra, tumandagi Yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemor yaqinlari o‘rtasida janjal chiqqani bildirilgan.

 

Voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektorlari bemor D.X. turmush o‘rtog‘i S.X. va o‘g‘li A.X. tomonidan shifoxonaga olib kelinganini aniqladi. Ko‘rik jarayonida navbatchi shifokor R.B. bemorni qo‘lidan ushlab o‘tirishga ko‘maklashgani va qorin sohasidagi og‘riqni aniqlash maqsadida tekshiruv o‘tkazayotgani paytda bemorning eri rashk sababli shifokor bilan janjallashib qolgan.

 

Tekshiruv doirasida shifokor R.B. sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazildi va unda tan jarohati yoki shikast izlari qayd etilmadi.

 

To‘plangan materiallar Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzaobod tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro S.X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 197¹⁷-moddasi (tibbiyot xodimining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish) talablarini buzgan deb topilib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sirdaryoda shifokorni kaltaklagan erkak 15 sutkaga qamaldi | Zamon.uz