Toshkent viloyatida bankdan qarzdor fuqaro uyidan ayrildi
Hozirda uning uyini auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Bankdan olingan kredit evaziga garov sifatida qo‘yilgan ko‘chmas mulk, agarda qarzdorlik qoplanmasa, sud qarori bilan undiruv ushbu mulkka ham qaratilishi mumkin.
Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor YATTdan undiruvchi “Ipak yo‘li bank” AITB foydasiga 307 466 727 so‘m miqdorida kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garov mulki bo‘lgan qarzdor K.F.ga tegishli bo‘lgan Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan ko‘chmas-mulkka qaratish belgilangan.
Ijro varaqa bo‘lim ish yurituviga kelib tushgach, shu kunning o‘zida tegishli tartibda ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga huquq va majburiyatlari tushuntirilgan hamda qarzdorga qarzdorlikni qoplash uchun ixtiyoriy muddat berilgan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablar qarzdor tomonidan bajarilmaganligi sababli, ko‘chmas-mulk xatlanib band solingan va hozirda garov shartnomasiga asosan 375 000 000 so‘mga boshlang‘ich bahoda auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.







