Jahon

Britaniya migratsiya qoidalarini yanada qat'iylashtirmoqchi

Endi mamlakatga noqonuniy kelganlar doimiy yashash uchun ariza berishni 20 yil kutishi mumkin.

Britaniya migratsiya qoidalarini yanada qat'iylashtirmoqchi

Buyuk Britaniya hukumati mamlakatdagi migratsiya siyosatini keskin qayta ko‘rib chiqmoqda. BBC xabariga ko‘ra, Ichki ishlar vaziri Shabana Mahmud yaqin kunlarda yangi tartiblarni e’lon qilishi kutilyapti. Takliflarga muvofiq, Britaniyaga noqonuniy yo‘l bilan kirib kelgan va boshpana so‘ragan shaxslar doimiy yashash uchun ariza topshirishdan avval 20 yil kutishga majbur bo‘ladi.

 

Qonuniy yo‘l bilan kirgan migrantlar uchun ham shartlar yengil bo‘lmaydi — ular uchun doimiy yashash huquqiga ariza berish muddati 10 yil etib belgilanadi. Hozirgacha esa boshpana maqomi 5 yil faol bo‘lib, keyin doimiy yashashga murojaat qilish imkoniyati mavjud edi. Hukumat endilikda bu muddatni qisqartirib, maqomni muntazam qayta ko‘rib borishni rejalamoqda.

 

Londonda muhokama qilinayotgan tartiblarga ko‘ra, agar boshpana talab qilgan shaxs kelgan mamlakat “xavfsiz davlat” deb topilsa, ular o‘z yurtiga deport qilinadi. Yangi choralar migrantlar oqimini kamaytirish va Britaniyaning ichki xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Britaniya migratsiya qoidalarini yanada qat'iylashtirmoqchi | Zamon.uz