Jahon

Dunyoda birinchi marta homilador ayol qornini ochmasdan operatsiya qilindi

Robot yordamida o‘tkazilgan noyob muolaja ona va chaqaloq hayotini asrab qoldi.

Dunyoda birinchi marta homilador ayol qornini ochmasdan operatsiya qilindi

Isroilning Petah-Tikva shahridagi Rabin tibbiyot markazida shifokorlar tibbiyot tarixida ilk bor homiladorlikning kech davrida qorin bo‘shlig‘ini ochmasdan murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu noyob muolaja 23 yoshli Tsofiya Leibovich hayotini saqlab qolish va homilasini xavfsiz davom ettirishga xizmat qildi.

 

Ayol homiladorlikning 32-haftasida shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizilgan, shifokorlar esa odatda erta tug‘ruqqa sabab bo‘ladigan ochiq jarrohlik o‘rniga robotlashtirilgan laparoskopik usulni qo‘llashga qaror qilishgan. Bu usul jarrohga qorin bo‘shlig‘ini katta kesmasdan, faqat kichik teshiklar orqali operatsiyani bajarish imkonini bergan.

 

Natija esa kutilganidan ham yaxshi bo‘ldi: Tsofiya operatsiyadan keyin homiladorlikni muvaffaqiyatli davom ettirdi va bir necha hafta o‘tib sog‘lom qizaloqni dunyoga keltirdi.

 

Mutaxassislarning aytishicha, bunday jarrohlik avval homiladorlikning so‘nggi oylarida hech qachon qo‘llanmagan va bu texnologiya kelajakda ko‘plab ayollar hayotini saqlab qolishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Dunyoda birinchi marta homilador ayol qornini ochmasdan operatsiya qilindi | Zamon.uz