Jahon

Hindistonda politsiya bo‘limida dahshatli portlash yuz berdi

“Tasodifiy portlash” deb baholanayotgan voqea bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Hindistonda politsiya bo‘limida dahshatli portlash yuz berdi

Hindiston shimolidagi Kashmir mintaqasida joylashgan politsiya bo‘limida sodir bo‘lgan kuchli portlash ortidan kamida 9 kishi halok bo‘ldi, 32 nafar fuqaro esa turli darajada jarohat oldi.

 

Portlash 14-noyabr kuni kechasi, taxminan soat 23:00 da yuz bergan. Vafot etganlar orasida politsiya xodimlari, davlat tashkilotlarida ishlovchi mutaxassislar hamda portlovchi moddalarni o‘rganayotgan kriminalistlar bo‘lgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga 360 kilogramm miqdorda ammoniy nitrat saqlanayotgan joydagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Tergovchilar hozircha hodisa “tasodifiy portlash” bo‘lgani, harbiylar yoki terrorchilar ishtiroki aniqlanmaganini bildirmoqda.

 

Kuchli portlash oqibatlari juda dahshatli: ayrim jasad qismlari voqea joyidan 100 metr va undan uzoq masofadan topilgan. Bir nechta tanalar shunchalik kuyib ketganki, ularni aniqlash ishlari davom etmoqda. Binoning katta qismi vayron bo‘lgan, stansiyadagi avtomobillar yongan, atrofdagi uylar oynalari sinib ketgan. Portlash zarbasi hatto bir necha kilometr narida ham sezilgan.

 

Voqea mintaqada xavfsizlik borasidagi keskin vaziyat fonida sodir bo‘ldi. Atigi 4 kun avval Dehlida avtomobil portlashi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgandi va o‘nlab odamlar jarohatlangandi. O‘sha voqea Hindiston hukumati tomonidan “terrorchilik hujumi” sifatida baholangan edi.

 

Kashmir hududi Qo‘shni Pokiston bilan o‘nlab yillardan buyon davom etayotgan keskinlik markazida bo‘lib keladi. Hudud ustidan ikki davlat ham da’vo qilmoqda va amalda u bo‘lib boshqariladi. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hindistonda politsiya bo‘limida dahshatli portlash yuz berdi | Zamon.uz