Jahon

AQShning Venesuelaga bosimi kuchaymoqda: mintaqadagi harbiylar soni 15 mingdan oshdi

Tramp bunga giyohvand moddalar oqimini to‘xtatishni asosiy sabab sifatida ko‘rsatsa-da, ekspertlar bu bosim siyosiy maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

AQShning Venesuelaga bosimi kuchaymoqda: mintaqadagi harbiylar soni 15 mingdan oshdi

 

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Venesuela bo‘yicha bosim kampaniyasini sezilarli darajada kuchaytirdi. Amerika tarixidagi eng yirik aviatsiya kemasi — USS Gerald R. Ford — Karib mintaqasida harbiy zarba bera oladigan masofaga joylashtirilayotgani ma’lum qilindi. Biroq Oq uy rasmiylarining maqsad borasidagi bayonotlari bir-biriga mos emas.

 

So‘nggi ikki kun ichida prezident Tramp Oq uyda bir nechta yopiq yig‘ilish o‘tkazdi. Muhokamada maxsus operatsiyalar kuchlaridan foydalanish, Venesuela hududiga bevosita harbiy kirish kabi ssenariylar ko‘rib chiqilgani aytiladi. Shunga qaramay, Tramp qaysi variantni tanlagani hozircha noma’lum. U jurnalistlarga bergan qisqa izohida Venesuelaga oid “asosan qaror qabul qilinganini”, ammo tafsilotlar oshkor qilinmasligini bildirdi.

 

AQShning bu miqyosdagi harbiy kuch to‘plashi ko‘plab ekspertlar tomonidan Maduro hukumatiga bosim o‘tkazish sifatida talqin qilinmoqda. Venesuela rahbari Nikolas Maduro esa armiyani to‘liq jangovar tayyorgarlik holatiga keltirganini e’lon qildi.

 

Mudofaa vaziri Pit Hegset harakatlar “Southern Spear” — “Janubiy Nayza” operatsiyasi doirasida amalga oshirilayotganini ma’lum qildi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, kampaniya giyohvand moddalarning G‘arbiy yarim shar bo‘ylab tarqalishiga qarshi qaratilgan.

 

Aviatsiya kemasi va qo‘shimcha harbiy kemalar yetib kelishi bilan mintaqadagi AQSh kuchlari soni 15 mingdan oshdi — bu so‘nggi yillarda kuzatilmagan ko‘lam.

 

Biroq ekspertlar AQShning aniq strategiyasi mavjud emasligini, ma’muriyat bayonotlari bir-biriga mos kelmasligini ta’kidlmoqda. Tramp giyohvand moddalarga qarshi kurashni asosiy omil deb ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, aynan Venesuelaning nishonga olinishi bu izoh bilan to‘liq mos kelmaydi.

 

Trampning ichki suhbatlarda Venesuelaning ulkan neft zaxiralari haqida tez-tez eslatgani ma’lum. Ayrim manbalarga ko‘ra, Maduro AQShga harbiy harakatsiz ham neft zaxiralari bo‘yicha imtiyozlar taklif qilgan, biroq muzokaralar to‘xtab qolgan. Rasmiylar Ford kemasining joylashtirilishi hamon bosim vositasi bo‘lib qolayotganini bildirmoqda.

 

Ushbu yondashuv tarixiy “qurolli diplomatiya”ni eslatayotgani ham aytilmoqda — yirik davlatlarning dengiz kuchlari orqali siyosiy bosim o‘tkazishi Venesuela tarixida bundan oldin ham kuzatilgan.

 

Davlat kotibi Marko Rubio ichki yig‘ilishlarda maqsad Maduro hukumatini ag‘darish emasligini ta’kidlagan. Biroq AQShning harbiy harakatlari, keskin bayonotlar va mintaqadagi kuch to‘planishi bu fikrga zid talqin qilinmoqda.

 

AQShning sobiq maxsus vakili Elliott Abrams bu haqda shunday deydi: “Harbiy kuchlar u yerda abadiy tura olmaydi. Yakunda Tramp yoki Maduro — kim g‘olib bo‘lishi hal bo‘ladi.”

 

Ayrim ittifoqchilar AQSh zarbalarida foydalanilgan razvedka ma’lumotlarini ulashishni cheklab qo‘ygani bildirilmoqda. Ular buni xalqaro huquqqa zid harakat deb baholashgan.

 

Ford kemasining kelishi mintaqada AQShning harbiy infratuzilmasini yanada kuchaytirdi. Kema tarkibida 75 dan ortiq jangovar samolyot, F/A-18 qiruvchilari, shuningdek, B-52 va B-1 bombardimonchilari ham navbatchilik qilmoqda. Maxsus operatsiyalar kuchlari ham kuchaytirilgan rejimda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

 

Rasmiy bayonotlarda giyohvand moddalar oqimini to‘xtatish asosiy maqsad sifatida ta’riflanayotgan bo‘lsa-da, ekspertlar Tramp ma’muriyatining e’tibori asosan Maduro rejimi va Venesuela neft sektoriga qaratilganini ta’kidlamoqda.

 

Duke universiteti professori Patrik Daddi: “Agar ma’muriyat Maduroni narkokartel rahbari deb hisoblasa, bu faqat giyohvand moddalar oqimini to‘xtatish emas — bu rejim almashtirish strategiyasi bo‘lishi mumkin”, — deydi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQShning Venesuelaga bosimi kuchaymoqda: mintaqadagi harbiylar soni 15 mingdan oshdi | Zamon.uz