Jahon

Bangladesh sobiq bosh vaziri o‘limga hukm qilindi

Shayx Hasina 2024-yilda ommaviy norozilik namoyishlarini shafqatsiz tarzda bostirish jarayonida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda aybli deb topildi.

Bangladesh sobiq bosh vaziri o‘limga hukm qilindi

 

Bangladeshda sud sobiq bosh vazir Shayx Hasinani 2024-yilda ommaviy norozilik namoyishlarini shafqatsiz tarzda bostirish jarayonida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda aybli deb topib, sirtdan o‘lim jazosiga hukm qildi. Ma’lum qilinishicha, 78 yoshli Hasina sud jarayonidan oldin Hindistonga qochib ketgan va Bangladesh huquqni muhofaza qilish organlari uni qo‘lga ola olmagan.

 

Sud qarorida sobiq ichki ishlar vaziri Asaduzman Xon Kamol hamda sobiq politsiya boshlig‘i Chaudhuri Abdulla al-Mamun ham aybdor deb topilgan. Ulardan faqat Abdulla al-Mamun sud majlisida ishtirok etib, aybiga iqror bo‘lgan va ayblovchilar tomonida ko‘rsatma bergan.

 

2024-yil iyul oyida boshlangan talabalar noroziliklari qisqa fursatda mamlakat bo‘ylab yirik to‘qnashuvlarga aylanib, yuzlab fuqarolar, jumladan voyaga yetmaganlar halok bo‘lgandi. Namoyishlar davlat sektoridagi ish o‘rinlarining katta qismi 1971-yilgi mustaqillik urushi faxriylarining qarindoshlari uchun ajratilgan kvota tizimiga qarshi norozilik sifatida boshlangan. Quyi sudning kvotani qayta tiklash haqidagi qarori vaziyatni yanada keskinlashtirgan.

 

To‘qnashuvlar fonida hukumat favqulodda holat e’lon qildi. Internet butun mamlakat bo‘ylab uzildi, ayrim hududlarda telefon aloqasi ham to‘xtatildi, poytaxtda komendantlik soati joriy qilindi. Rasmiylar namoyishchilarni davlat teleradiokompaniyasiga o‘t qo‘yganlikda ayblagan, politsiya esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlardan foydalangan.

 

Keyinchalik Oliy sud davlat sektoridagi kvotalarning katta qismini bekor qildi, biroq hukumat mazkur qarorga zudlik bilan munosabat bildirmadi. Talabalar noroziliklar davom ettirilishini ma’lum qildi.

 

2024-yil avgust oyida Shayx Hasina iste’foga chiqib, Hindistonga chiqib ketdi. Oradan ko‘p o‘tmay, norozilik namoyishchilari uning rasmiy qarorgohiga bostirib kirishdi.

 

Shundan so‘ng Nobel mukofoti laureati Muhammad Yunus boshchiligida muvaqqat hukumat tuzildi. Yangi hukumat 2026-yil fevral oyida navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazishni rejalashtirganini ma’lum qildi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Bangladesh sobiq bosh vaziri o‘limga hukm qilindi | Zamon.uz