O'zbekiston

Biznesni rivojlantirish banki yordamchi agentlari – tanlovida yetakchi bo‘lmoqda

O‘zbekistonda Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan “Eng yaxshi yordamchi-agent” tanlovi o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.

Biznesni rivojlantirish banki yordamchi agentlari – tanlovida yetakchi bo‘lmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan eʼlon qilingan “Eng yaxshi yordamchi-agent” tanlovi 4 bosqichda o‘tkazilmoqda va har bir bosqich uchun alohida shartlar belgilangan. Xususan, dastlabki – saralash bosqichida respublikamizdagi 9008 ta mahallalarda faoliyat ko‘rsatayotgan 624 nafar, yaʼni jami 208 ta tuman va shaharlarning har biridan 3 tadan Yordamchi-agent saralab olingan edi.

 

Eʼtiborlisi, ilk bosqichda “Biznesni rivojlantirish banki”da faoliyat ko‘rsatayotgan 614 nafar yordamchi-agentlardan 374 nafari yoki 61 foizi ishtirok etib, o‘ziga xos faollik ko‘rsatishdi. Zero ilk bosqich natijalariga ko‘ra, 37 ta tumandagi bankning 54 nafari yordamchi-agentlari 2-bosqichga o‘tdi.

 

Xususan, dastlabki saralash bosqichida Yangiyo‘l shahri va Kogon tumanidan tanlangan nomzodlarning 3 tadan 3 tasi ham “Biznesni rivojlantirish banki” yordamchi-agentlari bo‘lgan bo‘lsa, Andijon shahri, Qo‘rg‘ontepa tumani, Xo‘jaobod tumani, Buxoro shahri, Buxoro tumani, Kogon shahri, Yangiobod tumani, Navoiy shahri, Konimex tumani, Kattaqo‘rg‘on shahri, Ohangaron shahri, Yangiyo‘l tumani va Bo‘stonliq tumanidan tanlangan nomzodlarning 3 tadan 2 tasi “Biznesni rivojlantirish banki” vakillari bo‘lishdi.

 

2 - tuman (shahar) bosqichida esa, saralab olingan jami 624 nafar yordamchi agentlar belgilangan mavzular bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkillashtirib, keyingi bosqichga yo‘llanma olish uchun bellashdi hamda respublika bo‘yicha 208 ta tuman(shahar)ning har biridan 1 nafardan g‘olib, jami 208 nafar yordamchi-agent tanlab olindi.

 

Shu kunlarda tanlovning uchinchi – viloyat bosqichi ham muvaffaqiyatli o‘tkazildi. “Biznesni rivojlantirish banki” sharafini ushbu bosqichda jami 21 nafar yordamchi agent himoya qildi.

 

Quvonarlisi, ushbu bosqich yakunlariga ko‘ra, Andijon, Toshkent viloyatlarida birinchi va ikkinchi o‘rinlar; Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlarida birinchi o‘rin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida ikkinchi, shuningdek Samarqand viloyatida to‘rtinchi o‘rinlarni aynan “Biznesni rivojlantirish banki” yordamchi-agentlari zabt etishdi. Shu tariqa ilk bor tashkil etilaayotgan ushbu nufuzli tanlovining Respublika bosqichida jami 11 nafar vakil bank nomidan ishtirok etishadi.

 

Hozirda respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritgan yordamchi agentlar tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

 

Bank axborot xizmati

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Biznesni rivojlantirish banki yordamchi agentlari – tanlovida yetakchi bo‘lmoqda | Zamon.uz