Jahon

“Falastin davlati bo‘lishi mumkin emas” - Isroil rasmiylari

Saudiya Arabistoni esa Isroildan Falastinni tan olishni talab qilmoqda.

“Falastin davlati bo‘lishi mumkin emas” - Isroil rasmiylari

 

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu BMT Xavfsizlik Kengashida G‘azo bo‘yicha Falastin mustaqilligiga doir eshiklarni ochiq qoldiruvchi AQSh rezolyutsiyasi ovozga qo‘yilishidan bir kun avval Falastin davlati tuzilishiga qarshi ekanini yana bir bor ta’kidladi. Shuningdek Isroil mudofaa vaziri Israel Katz ham “Falastin davlati bo‘lmaydi, G‘azo esa sektori qurolsizlantiriladi” deb ta'kidladi.

 

Netanyaxu uzoq yillardan buyon Falastin davlatining tashkil etilishi XAMASni “mukofotlash” bo‘lishini, bu esa oxir-oqibat Isroil yaqinida XAMAS nazoratidagi yanada yirik davlat paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini aytib kelmoqda. Biroq AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha tashabbusni ilgari surar ekan, Isroil xalqaro bosim ostida qolgan.

 

AQSh Xavfsizlik Kengashiga taqdim etgan rezolyutsiya loyihasi G‘azoda “xalqaro barqarorlik kuchlari”ni shakllantirish imkoniyatini nazarda tutadi. Taklif Rossiya, Xitoy va ayrim arab davlatlarining qarshiliklariga qaramay ovozga qo‘yilishi kutilmoqda.

 

XAMAS va falastin guruhlari rezolyutsiyani “G‘azoga xalqaro mandat joriy qilish urinishlari” sifatida baholab, bu tashabbus falastinliklarni o‘z taqdirini belgilash huquqidan mahrum qilishi mumkinligini ta’kidladi. Guruhlar xalqaro kuchlar bevosita BMT nazorati ostida, Isroil ishtirokisiz bo‘lishi lozimligini bildirdi.

 

AQSh, rezolyutsiya matnini tanqidlar fonida, Falastinning kelajakdagi davlatchiligiga “ishonchli yo‘l” yaratish haqidagi jumlalarni yanada keskin shaklda qayta ishlab chiqdi. 

Saudiya Arabistoni Qo‘shma Shtatlarga Falastin davlatini tan olish Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishning asosiy sharti bo‘lib qolayotganini aytdi. 18-noyabr kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud 2018-yildan beri ilk bor Vashingtonga tashrif buyuradi va u yerda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi.

 

Isroil rahbari yakshanba kuni Falastin mustaqilligi haqidagi xalqaro da’vatlarga qaramay, Isroilning bu boradagi pozitsiyasi “zarracha o‘zgarmaganini” ta’kidladi.

 

“Menga hech kimning tasdiqlari, tvitlari yoki ma’ruzalari kerak emas”, — dedi u.

 

Netanyaxu Falastin davlatini e’tirof etishni G‘azodagi urush davrida XAMASni rag‘batlantiruvchi omil sifatida baholab, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Kanada tomonidan Falastinni tan olinganini keskin qoraladi.

 

Isroil Bosh vaziri G‘arbiy Sohilda yahudiy ko‘chmanchilar tomonidan sodir etilayotgan hujumlar haqida ilk bor ochiq izoh berdi. U bu zo‘ravonliklar “kichik ekstremist guruhlar” tomonidan sodir etilayotganini bildirdi. Biroq falastinliklar va inson huquqlari tashkilotlari zo‘ravonlikning keng quloch yoyganini va hukumat tomonidan ko‘z yumulayotganini aytmoqda.

 

Falastin sog‘liqni saqlash rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi ikki haftada G‘arbiy Sohilda o‘tkazilgan harbiy operatsiyalar va to‘qnashuvlarda kamida yetti falastinlik, jumladan o‘smirlar halok bo‘lgan.

 

BMT Inson huquqlari bo‘yicha komissari ma’lumotiga ko‘ra, oktabr oyida ko‘chmanchilar tomonidan falastinliklarga qarshi 260 dan ortiq hujum qayd etilgan — bu 2006 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich.

 

Isroil harbiylari yakshanba kuni G‘azo shimolida o‘z pozitsiyalariga tahdid solgan shaxsni o‘ldirganini ma’lum qildi.

 

G‘azo janubidagi Xon Yunisdagi Muvasi chodir lagerida kuchli yomg‘ir sababli ko‘chalarga suv kirib, minglab ko‘chirilgan oilalar og‘ir sharoitda qolmoqda.

 

Ko‘chirilgan aholi vakili Abdulloh Abu Quta shunday dedi: “Bizning chodirlarimiz yirtiq va eskirgan. Yomg‘ir yog‘sa, ichkariga oqib kiradi. Bu azobni so‘z bilan tasvirlab bo‘lmaydi.”

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Falastin davlati bo‘lishi mumkin emas” - Isroil rasmiylari | Zamon.uz