Qozog‘istonning 11 shahrida havo sifati keskin yomonlashishi kutilmoqda
Mutaxassislar Olmaota, Qarag‘anda va Temirtovning Qozog‘istondagi havosi eng ifloslangan hududlar sifatida qayd etilishi mumkinligini ta’kidladi.

17-noyabr kuni Qozog‘istonning 11 shahrida havo sifati keskin pasayishi prognoz qilinmoqda. Bu ro‘yxatga Olmaota, Ostona, Atirau, Oqtobe, Chimkent, Qarag‘anda, Jezqazg‘an, Temirtov, Balxash, O‘skemen va Ridder kiradi. “Kazgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, bu hududlarda noqulay meteorologik sharoitlar, xususan, shamolning sustligi, tuman va atmosfera inversiyasi kuzatilishi kutilmoqda. Mutaxassislar ushbu omillar havodagi zararli moddalar tarqalishini sekinlashtirib, ularning yer sathida to‘planishiga sabab bo‘lishini ta’kidlashgan.
Aholiga ochiq havoda kamroq bo‘lish, ayniqsa yirik avtomobil yo‘llaridan uzoqroq yurish, shuningdek surunkali o‘pka kasalliklari, allergiya yoki yurak-qon tomir xastaliklari bo‘lgan shaxslar zarur dori vositalarini o‘zlari bilan olib yurishlari tavsiya qilinadi. Mutaxassislar Olmaota, Qarag‘anda va Temirtovning Qozog‘istondagi havosi eng ifloslangan hududlar sifatida qayd etilishini va qish mavsumining boshlanishi bilan havo sirkulyatsiyasining pasayishi vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkinligini ogohlantiradi.







